"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi o'tkazilganligi haqida xabar beradi

24.04.2024

Hurmatli aktsiyadorlar!

"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2024-yil 13-may kuni Toshkent shahri, Sayram ko'chasi, 5-yo'lak, 4-uyda, "ANOR BANK" AJ binosida bo'lib o'tadi, e-mail info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz

Ro'yxatdan o'tish boshlanishi-10:30 soat. Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishining boshlanishi-11:00 soat.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo' lgan bank aksiyadorlarining reyestri tuzilgan sana – 2024-yil 7-may

Kun tartibi:

1. Hisob komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to'g'risida.

2. "ANOR BANK"AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash to'g'risida.

3. "ANOR BANK"AJ tomonidan shakllantirilgan ustav kapitalini tasdiqlash to'g'risida.

4. "ANOR BANK"AJ tomonidan e'lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdorini aniqlash to'g'risida.

5. "ANOR BANK" AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash to'g'risida.

6. "ANOR BANK"AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to'g'risida.

7. " ANOR BANK"AJning o'rta muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida.

"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishiga tayyorlangan materiallar bilan Toshkent shahri, Sayram ko'chasi, 5-proezd, 4-uyda tanishish mumkin.

Izoh: Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida aksiyadorning vakili vakil to'g'risidagi ma'lumotlarni (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma'lumotlari) ko'rsatgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida harakat qiladi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.


Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation