UI/UX testi: mobil ilovaning sifatini va salohiyatini oshirish

02.02.2022

UI/UX testi: mobil ilovaning sifatini va salohiyatini oshirish

870x490_UX_UZ.jpg

Bugungi kunda yangi bank ilovasi bilan bozorga muvaffaqiyatli kirish unchalik oson emas, chunki oddiy ilova bilan hech kimni hayron qoldirib boʻlmaydi. Mijozlar istaydigan, ular ishlatishiga arziydigan mahsulotni yaratish uchun mijozlarning ehtiyojlariga tayanish kerak. Shuning uchun ANORBANK doimo oʻz ilovasini yaxshilash ustida ishlaydi.


«Bizning asosiy yutuqlarimizdan biri bu bank mahsulotlari oʻz mutaxassislarimiz tomonidan ishlab chiqilganligidir. Ilovani ishlab chiqishda 100 dan ortiq IT-mutaxassislar, dasturchilar, testchilar, marketolog va tahlilchilar ishtirok etdi. Maqsadimiz – dasturni iloji boricha tezroq yaratish edi. Shuning uchun kechayu kunduz bu borada ishladik», - deydi boshqaruv raisi oʻrinbosari Zohid Alimov.


Ilovani ishlab chiqish - bu yaxshi mahsulotni yaratish yoʻlining boshlanishi, uni doimo takomillashtirish va yuqori oʻrinda ushlab turish muhimdir. ANORBANK mutaxassislari mavjud noqulayliklarni topish va bartaraf etish uchun UI/UX testlari orqali tadqiqot oʻtkazishdi. Ilova bilan ishlashda foydalanuvchilar xatti-harakatlarini tahlil qilish uchun bir guruh respondentlar taklif qilindi. Shuningdek ilovani ishlatish qulayligi ham oʻrganildi.


Ma’lumot uchun: UI va UX sifatli veb-sayt va mobil ilovaning asosidir va savdoni oshirishda muhim rol oʻynaydi. UI – bu foydalanuvchi va ilova oʻrtasida oʻzaro tushunish va bogʻliqlikni loyihalash. UI- foydalanuvchi tomonidan mahsulot yoki ilovadan foydalanishning butun tajribasini qamrab oladi.

870x490_микрозайм_UZ.jpg

Bundan tashqari, ushbu test foydalanuvchining tizim bilan oʻzaro munosabatini tushunishga yordam berdi. Masalan, tugmani qayerga joylashtirish maʼqulroq yoki foydalanuvchi ilova ichida maʼlum bir mahsulotni qanday qidirmoqda.

870x490_UZ.jpg

“Ilovani ishlab chiqishda dasturiy taʼminotdan foydalanish qulayligiga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu tushunarli boʻlishi va foydalanuvchilarga yangi funksiyalarga koʻnikish imkonini berishi kerak. IT-sohasida mahsulotlar chiqarilishi xatolarga olib kelishini tushunamiz. Mijozlarimiz xotirjam boʻlishlari mumkin, chunki biz bunday xatolarni darhol toʻgʻrilaymiz”, — deya taʼkidladi boshqaruv raisi oʻrinbosari Nuriddin Hamidov

image.jpg

Sinov natijasida noqulayliklar bartaraf etildi va ilovaning ishlashi yaxshilandi. Ilovamiz foydalanuvchilari endi yanada qulaylik bilan kartadan kartaga 5 million soʻmgacha boʻlgan pul oʻtkazmalarini foizsiz amalga oshirishlari mumkin (ANORBANK karta egalari uchun cheksiz).

Ilovani yuklab olish uchun havola:

https://td.anorbank.uz


Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation