RASMIY XABAR ANORBANK karta egalariga nisbatan firibgarlik holatlari bilan bog‘liq vaziyat haqida

20.04.2023

RASMIY XABAR ANORBANK karta egalariga nisbatan firibgarlik holatlari bilan bog‘liq vaziyat haqida

Ba’zi ommaviy axborot vositalari bir necha banklardan, shu jumladan ANORBANKdan, xakerlar tomonidan pul mablag‘lari ehtimoliy o‘g‘irlangani haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallarni chop etdi.

O'z navbatida, ishontirib aytamizki ANORBANK xakerlar tomonidan pul mablag'larini o'g'irlanishiga duchor bo'lmagan. Aniqlik kiritish maqsadida shuni aytish joizki, xakerlik hujumi begona shaxsning bank xavfsizlik tizimini buzishi, unga kirishi va ma’lum bir mablag‘larni o‘g‘irlanishini o‘z ichiga oladi.

Bo’lib o’tgan voqealarni hisobga olib, ushbu harakatlar moddiy manfaatga ega bo’lgan shaxslar tomonidan plastik kartalardan firibgarlik faoliyatida foydalanish yo’li bilan amalga oshirilganini ma’lum qilamiz. Ular ANORBANK mijozlarining plastik kartalaridan firibgarlik yo‘li bilan foydalanib, pul mablag‘larini chiqib ketishiga sababchi bo’lgan. ANORBANK plastik kartalari egalari bizga nomaʼlum sabablarga koʻra oʻz kartalariga kirish kodlarini uchinchi shaxslarga berib yuborganlar.

Shuni ta'kidlash kerakki, bankda shubhali tranzaksiyalarni aniqlash maqsadida bankning moliyaviy va nomoliyaviy hodisalarini baholashga mo‘ljallangan firibgarlik monitoringi (frod-monitoring) tizimi o‘rnatilgan; aynan shu tizim orqali firibgarlik operatsiyalarini fosh etib, ushbu ishda ishtirok etgan barcha shaxslarni aniqlash va ularning faoliyatiga qonuniy baho berish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga barcha ma'lumotlarni topshirganmiz.

ushbu ishda ishtirok etgan barcha shaxslarning tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan aniqlanishi uchun barcha ma'lumotlarni rasmiy tergovga topshirgan.

Shuningdek, ANORBANK xakerlik hujumlaridan samarali himoyalanish tizimiga ega. Bankka qarshi xakerlik hujumlari amalga oshirilmaganini takroran eslatib o’tamiz.

Eslatib o‘tamiz, ANORBANK omonatchilarining mablag‘lari ishonchli himoyalangan.

O‘z navbatida, mazkur ish bo‘yicha yakuniy xulosalar tergov va sud jarayonlari yakunlari bo‘yicha ma’lum bo‘lishini ta’kidlab o’tamiz.

Shu bilan birga, mijozlarimizga shuni eslatib o‘tamizki, ularning plastik kartalari, bank hisob raqamlari, kirish kodlari, shu jumladan SMS orqali olingan ma’lumotlarni, notanish shaxslarga yuborilishi pul mablag‘larining yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan, biz hech qanday holatda shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga yubormasligingizni tavsiya etamiz.

Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation