Hurmatli mijozlar! 2025-yil 22-avgustdan boshlab bankimizda pul o‘tkazmalari bo‘yicha yangi shartlar kuchga kiradi. Boshqa banklarning kartalaridan ANORBANK hamyonlariga o‘tkazmalar uchun komissiya joriy etilayotganini ma’lum qilmoqchimiz.
Bundan buyon, bunday o‘tkazmalar uchun komissiya 0,5% miqdorida belgilanadi. Ushbu choraning joriy etilishi bizga xizmatlarimizni rivojlantirish va takomillashtirishni davom ettirish, shuningdek, moliyaviy operatsiyalaringizning xavfsizligi va ishonchliligini yuqori darajada ta’minlash imkonini beradi.
ANORBANK xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun tashakkur!
Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:
Facebook | Telegram | Instagram
Please, introduce yourself to start the conversation