
Hurmatli bank xodimlari, qadrli mijozlar va fuqarolar!
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri – korrupsiyaga qarshi qat’iy va tizimli kurashishdir. Korrupsiya nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki jamiyatimiz taraqqiyotiga ham jiddiy tahdid soladi. Shu bois, «Anor Bank» AJ o‘z faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.
Biz barcha xodimlarimizdan xizmat majburiyatlarini ado etishda qonunchilikka doimiy amal qilishni, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslikni va har qanday noqonuniy takliflarga keskin rad javobini berishni talab qilamiz. Bank rahbariyati tomonidan korrupsiyaviy xavflarni oldini olish bo‘yicha ishonchli ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu borada har bir xodim mas’uliyatli va prinsipial bo‘lishi zarur.
Qadrli mijozlar!
Sizlarga sifatli, tezkor va xolis bank xizmatlarini taqdim etish – bizning asosiy vazifamizdir. «Anor Bank» AJ ning Bosh ofisi, uning sotuv bo‘limlari va nuqtalari xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi bo‘lsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, «Anor Bank» ning Ishonch telefoni yoki elektron pochta manzili va rasmiy veb-sayt orqali o‘z murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin. Ishonch telefoni +998(71)2312770, elektron pochta manzili - info@anorbank.uz
Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘riladi.
Bankimiz uchun jamoatchilik ishonchi eng katta boylikdir. Biz e’lon qilinayotgan har bir qaror, ko‘rilayotgan har bir chora va amalga oshirilayotgan har bir xizmatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashda davom etamiz. Korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat davlat va tashkilotlar, balki har birimizdan fuqarolik mas’uliyatini talab etadi.
Shu bois, barchangizni adolat, qonunga hurmat va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilishga, korrupsiyaga qarshi kurashda faol fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishga chaqiraman.
Yurtimiz ravnaqi va bank tizimining barqaror rivoji uchun birgalikda harakat qilaylik!
Please, introduce yourself to start the conversation