
Muhim yangilik bilan bo‘lishamiz
2026-yil 1-iyuldan boshlab 22% yillik stavkali Barqaror omonati yangi rasmiylashtirish uchun mavjud bo‘lmaydi.
Agar sizda Barqaror omonati allaqachon ochilgan bo‘lsa, siz uchun hech narsa o‘zgarmaydi.
Omonatingiz shartnomaga muvofiq amaldagi shartlar asosida davom etadi — foiz stavkasi, muddati va barcha shartlari o‘zgarishsiz qoladi.
Biz yaxshi bilamizki, omonat ko‘pchilik uchun shunchaki bank mahsuloti emas. U moliyaviy rejalarning muhim qismi va ertangi kunga bo‘lgan ishonchdir. Shu sababli amaldagi mijozlarimiz oldidagi barcha majburiyatlarimiz to‘liq saqlanib qoladi.
Agar siz endigina omonat ochishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, jamg‘armalaringizni ko‘paytirish uchun foydali imkoniyatlarimiz hanuz mavjud. Jumladan, 21% yillik stavkali Milliy har kunlik omonatini tanlashingiz mumkin.
U mablag‘laringizni qulay shartlarda jamg‘arish va ko‘paytirishga yordam beradi.
Ishonchingiz uchun rahmat! Moliyaviy maqsadlaringiz yo‘lida hamisha ANORBANKni tanlaganingizdan mamnunmiz.
Savollar bo‘lsa — 1290
Please, introduce yourself to start the conversation