Muddati o‘tgan to‘lovlar — yaxshilikka: qanday qilib ANOR NASIYA xayriya orqali shariat qonunlariga amal qilmoqda

27.07.2024

Muddati o‘tgan to‘lovlar — yaxshilikka: qanday qilib ANOR NASIYA xayriya orqali shariat qonunlariga amal qilmoqda


“ANOR" muddatli to'lov kartasiga muddati o‘tgan qarzlar uchun to'lov shaklida o‘zgartirishlar kiritilayotganini ma’lum qilamiz. Agar toʻlov sanasini oʻtkazib yuborsangiz, kechikkan har bir kun uchun bank sizdan muddatli to'lov kartasi shartnomasida ko'rsatilgan miqdorda undiradi. Bu mablag‘lar shariat tamoyillari asosida qarz undirish bilan bog‘liq turli xarajatlarni qoplashga va xayriya jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.

Shariat qonuni, banklarga qarzni to'lash bo'yicha majburiyatlarini muddatida bajarmagan mijozlardan qo'shimcha to'lovlar olishga ruxsat beradi.

Mablag'lar qanday maqsadlarga sarflanadi?

Mablagʻlarning bir qismi qarzni undirish bilan bogʻliq bank xarajatlarini qoplashga, qolgan qismi esa xayriya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

O'zgarishlarni nega kiritdik?

Mijozlarning majburiyatlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha mas’uliyatini oshirish maqsadida yangi shartlar joriy etildi.

Yangi shartnomalarda 1/25 (1/20) nima va u qanday hisoblanadi?

To'lov har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o'tgan to'lov summasining 1/25 qismini tashkil qiladi. Masalan, agar siz oylik 100 000 so‘m to‘lovni to‘lamagan bo‘lsangiz, har bir kechiktirilgan kun uchun 100 000/25 = 4 000 so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

Qo'shimcha xarajatlarni oldini olish uchun to'lovlarni puxta rejalashtirishni va kechiktirilgan to'lovlardan qochishni tavsiya qilamiz.

Agar sizda yangi shartlar haqida savollaringiz bo'lsa yoki qo'shimcha tushuntirishlarni istasangiz, qo'llab-quvvatlash guruhimizga murojaat qiling.Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram


Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation