ANORBANK xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha ham mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratadi.
Aprel oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda ANORBANK mijozining Xitoy Xalq Respublikasidan valyuta o‘tkazmasini qabul qilishda qiyinchilikka duch kelgani haqidagi ma’lumot e’lon qilingan edi. Biz ichki tekshiruv o‘tkazdik va 2025-yil 8-aprelda o‘tkazma valyuta qonunchiligining barcha talablariga rioya etilgandan so‘ng mijozning hisob raqamiga muvaffaqiyatli o‘tkazilganini tasdiqlaymiz.
Vaziyat quyidagicha bo‘lgan:
• O‘tkazma XXRdagi yuridik shaxsdan O‘zbekistondagi jismoniy shaxs foydasiga amalga oshirilgan. Amaldagi valyutani tartibga solish me’yorlariga ko‘ra, bunday mablag‘larni hisobga olish uchun bitimni tasdiqlovchi shartnoma (kontrakt) taqdim etilishi shart.
• Mijoz zarur hujjatlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilindi va ular qisqa muddatda taqdim etildi.
• O‘tkazma ko‘rib chiqilganida mijoz tomonidan hisob raqami o‘rniga karta raqami ko‘rsatilgani aniqlandi. Bu holat pul mablag‘ining qaytarilishiga sabab bo‘lishi mumkin edi. Ma’lumotlarni aniqlashtirish uchun mijoz bank ofisiga taklif qilindi.
• Kerakli ma’lumotlar to‘g‘rilangach va tekshiruv yakunlangach, mablag‘ to‘liq hisobga tushirildi.
ANORBANK xorijdan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalarida qonunchilik talablariga rioya qilish va rekvizitlarni to‘g‘ri ko‘rsatish muhimligini eslatadi. Xalqaro o‘tkazmalar yuzasidan savollar tug‘ilganda, mijozlar kontakt-markazimizga yoki eng yaqin filialga murojaat qilishlari mumkin.
Please, introduce yourself to start the conversation