
2024-yil 26-avgustdan boshlab bankning amaldagi tariflariga o'zgartirishlar kiritilmoqda:
· hamyondan HUMO ANOR kartasiga o‘tkazish uchun– 1%
· hamyondan Uzcard ANOR kartasiga o‘tkazish uchun – 1%
· hamyondan boshqa bankning HUMO kartasiga o‘tkazish uchun – 1%
· hamyondan boshqa bankning Uzcard kartasiga o‘tkazish uchun – 1%
· hamyondan MasterCard ANOR UZS kartasiga o‘tkazish uchun – 1%
· hamyondan hisob raqamiga/hamyonga o‘tkazish uchun – 1%
Shu munosabat bilan "CashLoan" va "Микрозайм" kreditlarining barcha yangi oluvchilariga quyidagi turdagi debet kartalarini bepul ochish imkoniyati beriladi: Uzcard DUO, HUMO TRIA yoki MasterCard ANOR BLACK.
Shuningdek, omonatchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida omonatchilar uchun milliy valyutadagi bank hamyonidan pul o'tkazmalari tarifiga quyidagi o'zgartirishlar kiritishni taklif etamiz:
· hamyondan HUMO ANOR kartasiga – 0%
· hamyondan Uzcard ANOR kartasiga - 0%
· hamyondan boshqa bankning HUMO kartasiga - 0,1%
· hamyondan boshqa bankning Uzcard kartasiga - 0,4%
· hamyondan hisob raqamiga/hamyonga - 0%
· hamyondan MasterCard ANOR UZS kartasiga - 0%
Ushbu o'zgarishlar omonatchilarga pul o'tkazmalarini amalga oshirish va o'z mablag'larini yanada foydali va qulay sharoitlarda boshqarish imkonini beradi. Shuni ta'kidlash kerakki, agar omonat yopilgan bo'lsa va u yopilganidan keyin 30 kundan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa, ushbu tarif amal qilishni to'xtatadi.
“Omonatchilar” tushunchasi: “omonatchilar” atamasi bir bank ish kunidan ortiq muddatga o‘z mablag‘larini bank omonatiga qo‘ygan shaxslarni anglatadi.
Zamonaviy foydali va universal mahsulotlar, shuningdek, ANORBANK xizmatlari haqida ma’lumotni bank sayti, ilova va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida olishingiz mumkin.
24/7 aloqa markazi: 1290
Please, introduce yourself to start the conversation