Hurmatli mijozlar!

01.07.2024

Hurmatli mijozlar!


2024 yilning 10-iyulidan jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Universal shartnomaning yangi versiyasi kuchga kiradi:

Universal shartnomaning 4-bo‘limi (Tomonlarning huquq va majburiyatlari) 4.1.24-band bilan to‘ldiriladi.

4.1.24. Bank o'z xizmatlarini ko‘rsatishni davom ettirish uchun Mijoz, Mijozning vakili, Benefitsiar mulkdorni (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq) shaxsiy ma’lumotlarini mustaqil ravishda yangilashga haqli/

Universal shartnomaning 4-bo'limidagi (Tomonlarning huquq va majburiyatlari) 4.4.3-bandning ikkinchi xatboshi to'ldiriladi.

Agar Bank mijozdan shaxsiy ma'lumotlarning o'zgarishi to'g'risida tegishli xabarnoma olingan kundan boshlab 12 (o'n ikki) oy ichida Mijozdan, Mijozning vakilidan, Benefitsiar mulkdordan (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq) dastlabki identifikatsiya qilingan xabarnomani olmagan bo'lsa, Bank mijoz tomonidan ilgari taqdim etilgan ma'lumotlarni tasdiqlangan deb hisoblaydi yoki yangilangan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish huquqiga ega.

Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram


Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation