
Biz 2 yoshdamiz!
Ushbu kun biz uchun quvonchlidir, chunki bugun ANORBANK oʻz tugʻilgan kunini nishonlamoqda. Ayni paytda milliy bank xizmatlari bozorida 2 yildan beri ish faoliyatini obormoqdamiz. Bu vaqt ichida nimalarga erishishga muvaffaq boʻldik?
• Respublika boʻylab 14 ta smart-ofis va 44 ta savdo nuqtalar ochildi;
• 2 900 mlrd soʻmlik aktivlar jalb qilindi;
• 836 000 kartalar muomalaga chiqarildi;
• Ikki yil mobaynida 2 500 mlrd soʻm depozitlar jalb qilindi;
• Kredit portfelining hajmi 1 450 mlrd soʻmdan oshdi;
• Oilamizda 1000 dan ortiq xodim ishlaydi.
Alohida taʼkidlab oʻtamizki, biz qisqa vaqt ichida mijozlarga xizmat koʻrsatish uchun mobil ilovani yaratishga muyassar boʻldik. Yaʼni ular, uydan chiqmasdan onlayn-banking xizmatlaridan foydalanish imkoniga ega. Bugungi kunga kelib Anorbank mobil ilovasini 2 500 000 nafardan ortiq foydalanuvchilar yuklab olishdi.
Ilovani esa har oy 1 millionga yaqin foydalanuvchi ishlatadi.
Ayni damda biz ko'plab yangi va foydali loyihalarni yaratishga muyassar boʻldik. Yonimizda boʻlganingiz uchun tashakkur bildiramiz. Endi faqat oldinga, URA!
Please, introduce yourself to start the conversation