Besh yillik o‘sish, besh yillik g‘amxo‘rlik: ANORBANK O‘zbekistonning yosh avlodi moliyaviy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shmoqda

02.09.2025

Besh yillik o‘sish, besh yillik g‘amxo‘rlik: ANORBANK O‘zbekistonning yosh avlodi moliyaviy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shmoqda

IMG_5270.JPG

IMG_5271.JPG

IMG_5274.JPG

ANORBANK o‘z tashkil topganining 5 yilligini nafaqat bank rivojlanishidagi muhim sana sifatida, balki o‘zining ijtimoiy vazifasini amalga oshirishdagi yana bir qadam sifatida nishonladi. Shakllangan an’anaga ko‘ra, har yili bank tashkil etilgan kunda bolalar, jumladan, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun ta’lim va rivojlantiruvchi tadbirlar o‘tkazadi.

Markaziy bankning 2020-yil 22-avgustdagi qaroriga asosan litsenziya olgan ANORBANK bugungi kunda raqamli banklar orasida yetakchiga aylandi. U hozirgi kunda ham biznesning ijtimoiy mas’uliyati kompaniyaning jamiyat oldidagi majburiyatlari bilan bevosita bog‘liqligini isbotlashda davom etmoqda.

Bu yil ANORBANK 100 dan ortiq tarbiyalanuvchini yig‘di. Ular uchun bank xodimlari moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv mashg‘ulot o‘tkazdilar: byudjet va jamg‘arma asoslaridan tortib kartalardan xavfsiz foydalanish va firibgarlardan himoyalanishgacha. Kun nafaqat foydali bilimlar, balki quvonchga ham to‘la bo‘ldi — bolalar o‘yinlarda qatnashdilar, bir-birlari bilan muloqot qildilar va kun esdalik sovg‘alari bilan yakunlandi.

Bunday tashabbuslar bank strategiyasining ajralmas qismidir. Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish va ularda pulga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish — bu kelajakka qo‘shilgan hissadir.

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligini nishonlar ekanmiz, bu vazifaning ahamiyatini ayniqsa chuqur his etamiz. Zero, moliyaviy savodxon, bilimli va mas’uliyatli yosh avlod kuchli, mustaqil va farovon mamlakatning poydevoridir.

ANORBANK ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga ishonchli kelajak uchun bilim va ko‘nikmalarni egallashga yordam beradigan, ularning farovonligi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlashda davom etishni maqsad qilgan.

Yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:

Facebook  | Telegram | Instagram 

Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation