ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 10 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida bitim imzoladi

20.05.2025

ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 10 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyasini jalb qilish to‘g‘risida bitim imzoladi

1600х1000_uz.jpg

ANORBANK Jazoirda o‘tkazilayotgan Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining yillik yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda. Tadbirlar "Iqtisodiyotlarni diversifikatsiya qilish — hayotni boyitish" shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, islom moliyasi va barqaror rivojlanish sohasidagi eng muhim xalqaro platformalardan biri hisoblanadi.

Forum doirasida "ANORBANK" XSRIK bilan 10 million AQSH dollari miqdorida moliyalashtirish liniyasini taqdim etish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Moliyalashtirish Murobaha modeli asosida amalga oshiriladi va O‘zbekiston xususiy sektoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega va iqtisodiy jihatdan samarali loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. 

Ushbu kelishuv ANORBANK uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sifatli investitsiyalarni jalb qilish va islomiy moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochadi. Bundan tashqari, tashabbus kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

ANORBANK global hamkorlik sari yana bir muhim qadam tashlab, xalqaro moliya maydonida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda.


Biz bilan birga bo‘ling va yangiliklarni rasmiy kanallarimizda kuzatib boring:

Facebook  | Telegram | Instagram 




Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation