
Yoshlarni o‘qishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan noyob loyihaning ikkinchi mavsumi boshlanganini e’lon qilamiz. Muvaffaqiyatli o‘tgan birinchi mavsumdan so‘ng, biz yana ishtirokchilarga ota-onalar va ularning farzandlari uchun 230 ta qimmatbaho sovrinni yutib olish imkoniyatini taqdim etamiz.
O‘yinning har bir bosqichida quyidagi sovrinlar o‘ynaladi:
5 ta Apple iPhone 15 smartfoni
5 ta SAMSUNG SM-A556E A55 smartfoni
20 ta Yandex Stantsiya 2 aqlli kolonkasi
25 ta Airpods 2.1 quloqchini
20 ta Samsung A9 plansheti
40 ta Lenovo noutbuki
Loyihada ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajarish lozim:
— ANORBANK faol kartasiga ega bo‘lish;
— eMaktab tizimida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish;
— A’lo baholar olish.
*Faol karta deb bosqich davomida kamida 300 000 so‘mdan kam bo'lmagan miqdorida debet operatsiyalari amalga oshirilgan kartaga aytiladi.
Kartani Anorbank ilovasi, rasmiy veb-sayti, aloqa markazi, eMaktab platformasi yoki savdo ofislari orqali buyurtma qilish mumkin.
Muhim: eMaktab ilovasida ko‘rsatilgan ota yoki onaning telefon raqami ANORBANK bank kartasiga biriktirilgan telefon raqamiga mos kelishi shart.
Loyiha bosqichlari:
— Birinchi bosqich: 2024-yil 11-noyabrdan 2025-yil 10-fevralgacha.
— Ikkinchi bosqich: 2025-yil 11-fevraldan 2025-yil 10-maygacha
Bankning rasmiy kanallarida yangiliklarni kuzatib boring!
Please, introduce yourself to start the conversation