ANORBANK Uzcard’ning strategik hamkori maqomini mustahkamladi

22.12.2025

ANORBANK Uzcard’ning strategik hamkori maqomini mustahkamladi

сайт русс.jpg

2025-yil 19-dekabrda UZCARD AWARD 2025 marosimi doirasida O‘zbekiston moliya bozori uchun yil yakunlari sarhisob qilindi. Mukofotlarga mamlakatning zamonaviy moliyaviy ekotizimini rivojlantirishga hissa qo‘shgan texnologik yechimlari va strategik tashabbuslari bilan ajralib turgan banklar hamda to‘lov tashkilotlari sazovor bo‘lishdi.

Marosimda 36 ta bank va 17 ta to‘lov tashkiloti ishtirok etdi. Ekspertlar hay’ati xizmatlarning texnologik yetukligini, biznesni rivojlantirishga innovatsion yondashuvni va mamlakatning moliyaviy infratuzilmasini mustahkamlashga qo‘shilgan hissani baholadi.

Tadbir yakunida ANORBANK Uzcard’ning strategik hamkori sifatida nufuzli e’tirofga sazovor bo‘ldi, shuningdek, korporativ mijozlar uchun zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etgani uchun "B2B-segment innovatori" nominatsiyasida taqdirlandi.

"Strategik hamkor" mukofoti ANORBANKning Uzcard bilan hamkorlikda mamlakat to‘lov tizimini biznes va mijozlar uchun yanada qulay va ishonchliroq qiladigan texnologiyalar va yechimlarni joriy etish bo‘yicha uzoq muddatli samarali faoliyatini tasdiqladi.

ANORBANKning B2B innovatori sifatida tan olinishi bankning kompaniyalarning moliyaviy jarayonlarini soddalashtiruvchi, korporativ operatsiyalar samaradorligini oshiruvchi va biznes-mijozlarning kundalik faoliyatiga uyg‘unlashuvchi yechimlarni yaratish bo‘yicha tizimli ishlarini aks ettiradi.

ANORBANK strategik hamkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va bankning moliyaviy texnologiyalar bozoridagi yetakchi ishtirokchilardan biri sifatidagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha faol ishini davom ettiradi.

Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation