
Axborot maydonida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi munosabati bilan ANORBANK quyidagilarni ma’lum qiladi.
Bir qator nashrlarda tilga olingan fuqaro Amzayev bugungi kunda ANORBANKning shtatdagi xodimi hisoblanmaydi va bank nomidan biron-bir harakatni amalga oshirish vakolatiga ega emas. Uning mijozlar yoki hamkorlarga nisbatan bergan har qanday bayonoti yoki qilgan harakatlari faqat shaxsiy xususiyatga ega bo‘lib, bank faoliyati bilan mutlaqo aloqador emas.
Bundan tashqari, ANORBANK mazkur kompaniyalar bilan bog‘liq ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ipoteka kreditlarini taqdim etmagan va hozirda ANORBANKda jismoniy shaxslar uchun ipoteka kreditlash xizmati mavjud emas.
Bank o‘z faoliyatining shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya etadi hamda o‘z obro‘si va mijozlarining manfaatlarini himoya qilish uchun qonunda ko‘zda tutilgan barcha choralarni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Please, introduce yourself to start the conversation