“Ahbor-Reyting” milliy agentligi tomonidan bankimiz 2023-yil natijalari bo‘yicha mahalliy shkalada “Barqaror” prognozi bilan “uzA” darajasidagi kreditga layoqatlilik reytingini qo‘lga kiritdi.
Qayd etilgan ushbu daraja milliy reyting shkalasi bo‘yicha bankimizning kreditga layoqatliligiga berilgan yuqori bahodir. Agentlik bankimiz tomonidan puxta ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan kredit va depozit siyosati 2023-yil davomida yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar va ulardan jalb qilingan depozitlar hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini berganini qayd etdi.

Eslatib oʻtamiz, “Ahbor-Reyting” tijorat banklari, sugʻurta va lizing kompaniyalari, korporativ obligatsiyalar emitentlari, lombardlar, mikrokreditlar va boshqa tashkilotlarga reyting xizmatlarini koʻrsatuvchi Oʻzbekistonning birinchi reyting agentligi hisoblanadi.
Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.
Please, introduce yourself to start the conversation