
O‘zbekistonning turli shaharlarida yangi bankomatlar o‘rnatildi. Bugungi kunda tarmoq 36 ta bankomatni o‘z ichiga oladi va ularning soni oshib bormoqda.
ANORBANK bankomatlarida quyidagi xizmatlar mavjud:
• Uzcard, Humo, Mastercard, Visa va UnionPay kartalaridan naqd pul yechish;
• Humo kartalarini to‘ldirish.
Alohida ta’kidlash joizki, ANORBANK tomonidan chiqarilgan Humo kartalarini to‘ldirish bepul amalga oshiriladi.
Bankomatlarning joriy manzillarini ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin: https://www.anorbank.uz/uz/about/contacts/
Mijozlar uchun naqd pul yechib olish va kartalarni to‘ldirish imkoniyati maksimal darajada qulay bo‘lishi uchun tarmoq yanada kengaytiriladi.
Hozirda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bankomatlar tez orada mijozlarga xizmat ko‘rsatishga tayyor bo‘ladi.
Please, introduce yourself to start the conversation