ANORBANK BlueOrchard Microfinance Fund bilan umumiy qiymati 23 million AQSH dollari miqdorida kredit shartnomalarini imzoladi

18.12.2025

ANORBANK BlueOrchard Microfinance Fund bilan umumiy qiymati 23 million AQSH dollari miqdorida kredit shartnomalarini imzoladi

сайт русс.jpg

Mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasida kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ayol tadbirkorlar boshchiligidagi loyihalar, shuningdek, ekologiya va barqaror rivojlanish sohasidagi tashabbuslarga alohida e’tibor qaratiladi. Mablag‘lar butun mamlakat bo‘ylab biznesni moliyalashtirishda foydalaniladi, bu esa ko‘proq tadbirkorlarga mablag‘ jalb qilish imkonini beradi, ishbilarmonlik faolligini rag‘batlantiradi va zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etishga ko‘maklashadi.

Shartnomalarning imzolanishi ANOR BANKning xalqaro hamkorligini rivojlantirishdagi muhim qadam hisoblanadi. Bu bank barqaror rivojlanish, moliyaviy imkoniyatlar va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillariga strategik sodiqligini aks ettiradi. Ushbu hamkorlikning amalga oshirilishi milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va tadbirkorlik ekotizimini mustahkamlashga salmoqli hissa qo‘shadi.

BlueOrchard Finance Ltd haqida

BlueOrchard - ijtimoiy ta’sirli investitsiyalar sohasidagi yetakchi global boshqaruv kompaniyasi va Schroders guruhining a’zosi hisoblanadi. Ijtimoiy ta’sirli investitsiyalar (impact investing) sohasining asoschisi sifatida, kompaniya jamiyat va atrof-muhit uchun uzoq muddatli ijobiy natija yaratishga intiladi, ayni paytda investorlarga jozibador daromad ta’minlaydi. BlueOrchard 2001-yilda BMT tashabbusi bilan dunyodagi birinchi mikromoliyaviy qarz investitsiyalarining tijorat boshqaruvchisi sifatida tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya rivojlanayotgan va yangi bozorlardagi millionlab tadbirkorlarni investorlar bilan bog‘lagan holda, turli xil aktiv sinflarida ijtimoiy ta’sirga ega investitsiya yechimlarini taklif etadi. Bu orqali investitsiya yechimlarini barchaga ochiq qilish va kapitaldan ongli foydalanishga hissa qo‘shadi.

Innovatsion aralash moliyaviy vositalar sohasidagi professional boshqaruvchi va ekspert sifatida BlueOrchard kuchli xalqaro investorlar bazasiga ega va yetakchi global taraqqiyot institutlarining ishonchli hamkori hisoblanadi. 2024-yil dekabr holatiga ko‘ra, BlueOrchard investitsiyalari rivojlanayotgan va yangi bozorlarda 300 milliondan ortiq insonni qo‘llab-quvvatlagan. Qo‘shimcha ma’lumotlarni www.blueorchard.com saytidan olishingiz mumkin.

ANOR BANK - O‘zbekistonning birinchi milliy raqamli banki va moliya bozorining faol ishtirokchisi. Bankning vazifasi mijozlar ehtiyojlarini oldindan anglagan holda vaqtni tejaydigan ishonchli mahsulotlar yaratishdan iborat.

Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation