Anorbank - 2025-yilda TVda moliyaviy toifadagi lider

08.09.2025

Anorbank - 2025-yilda TVda moliyaviy toifadagi lider


uz novostt.jpg

2025-yilda "Moliya" toifasi televideniyeda eng yirik reklama segmentlari top-3 taligiga kirdi va umumiy byudjetning 14 foizini tashkil etdi. Kantar Media (MA 18-54) ma’lumotlariga ko‘ra, aynan moliya sektori eng yuqori o‘sish sur’atini ko‘rsatmoqda: 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 2024-yilning shu davriga nisbatan 61 foizga oshgan.

So‘nggi to‘rt yil ichida bu toifa 13 barobarga kengaydi.

2025 yilda ovoz ulushi SOV bo‘yicha liderlar:
• Anorbank — 27% (WGRP) | 18% (GRP)
• Uzum Bank — 16% | 18%
• TBC Bank — 11% | 14%

Shunday qilib, moliyaviy toifadagi barcha reklama faoliyatining yarmidan ko‘pini uch brend tashkil etmoqda.

Anorbank — segmentning mutlaq lideri. Bank moliyaviy toifada birinchi o‘rinni egallab, mamlakatdagi eng yirik reklama beruvchilar o‘ntaligiga kiradi.

Raqamli xizmatlarni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda: Anorbank reklama resurslarining 74 foizi mobil ilovalarni ilgari surishga yo‘naltirilgan.

Toifadagi kuchli raqobat, fintexning o‘sishi va banklarning TVga qaytishi shuni tasdiqlaydiki, televideniye qamrovni shakllantirish va bozor ulushini mustahkamlash uchun asosiy kanal bo‘lib qolmoqda.

Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation