"ANOR muddatli to'lov kartasi" mahsulotining shartlariga o'zgartirishlar kiritildi.

03.06.2024

"ANOR muddatli to'lov kartasi" mahsulotining shartlariga o'zgartirishlar kiritildi.

Hurmatli mijozlar !

2024-yil 4-iyundan boshlab yangi mijozlar uchun "Muddadli to‘lov kartasi" mahsuloti shartlariga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirishini ma’lum qilamiz. Qaror “ANORBANK” AJ kuzatuv kengashining yig‘ilishida, 27-sonli bayonnomada qabul qilingan.

Oylik majburiy to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, Bank xarajatlarini, shu jumladan qarz summasini undirish xarajatlarini qoplash uchun qo‘shimcha yig‘im undiradi. Bir kunlik to'lov kechiktirilgan to'lov summasining 1/25 qismini tashkil qiladi va asosiy qarzning yarmidan oshmasligi kerak.

- Mablag'lar qanday maqsadlarga sarflanadi?

Yig'imlar sifatida olingan mablag'lar qarzni undirish bilan bog'liq bank xarajatlarini qoplashga ishlatiladi.

- 1/25 nima va u qanday hisoblanadi?

To'lov har bir kechiktirilgan kun uchun muddati o'tgan to'lov summasining 1/25 qismini tashkil qiladi. Masalan, agar siz oylik 100 000 so‘m to‘lovni to‘lamagan bo‘lsangiz, kechiktirilgan har bir kun uchun 100 000/25 = 4 000 so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov undiriladi.

- Buni nega qilyapmiz?

Mijozlar oylik to'lovni o‘z vaqtida to‘lash bo'yicha mas’uliyatini oshirish va kechiktirilgan taqdirda bank tomonidan yuzaga keladigan xarajatlarni qoplash maqsadida yangi shartlar yo'lga qo'yildi.

- Aslini olganda, bu penya hisoblanadi, lekin nega buni to'lov dep aytdingiz?

Joriy qilinayotgan yangi shart "bank xarajatlarini qoplash uchun qo'shimcha to'lov" deb nomlanadi. Bu jarimaning bir turi hisoblanadi, ammo bu vaziyatda "to'lov" atamasi bank tomonidan ushbu mablag'lar faqat bank xarajatlarini qoplash va qo'shimcha foyda keltirmaslik uchun mo'ljallanganligini ta'kidlash uchun ishlatiladi.

- To‘lovni kechiktirgan mijozlar nega bank xarajatlarini qoplashi kerak?

Agar to'lov kechiktirilsa, bank qarzni undirish bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlarni oladi, masalan, pochta, qarzni undirish bo'yicha xodimlarning ish haqi, sud xarajatlari, yuridik xizmatlar va boshqalar. Yangi shartlar bankka ushbu xarajatlarni qoplash va mijozlarga moliyaviy mahsulotlarning mavjudligini ta'minlash imkonini beradi.

Pasport - 1

Pasport - 2


Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram

Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation