
Anor Merchant hamkorlik dasturini rivojlantirish strategiyasi doirasida, Anorbank yangi hamkorlarni jalb etish va mavjudlarini faollashtirish maqsadida yangi gibrid referal dasturini ishlab chiqdi.
Dastur 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 31-yanvargacha amalga oshiriladi.
Dastur hamkorlarni oylik aylanmasi asosida ikki toifaga ajratishni nazarda tutadi:
Standard: aylanmasi 300 mln so‘mgacha bo‘lgan hamkorlar.
Premium: aylanmasi 300 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan hamkorlar*
Standard: Ushbu toifadagi hamkorlar aylanmaning o‘sishi uchun quyidagi rag‘batlantirish shartlariga ega bo‘ladilar:
O‘sish rejasi bajarilgan taqdirda Standard toifasi uchun tarif stavkasi har oyda qayta ko‘rib chiqiladi va keyingi oy uchun pasaytirishning maksimal qadami quyidagicha belgilanadi: 3, 6, 9 va 12 oylik muddatlar uchun 1 foiz punkt, 18 va 24 oylik muddatlar uchun esa hamkorning oxirgi oylik stavkasidan 0,5 foiz.
Dekabr uchun: noyabr oyida shaxsiy aylanmaning oktyabrga nisbatan 40% va undan ortiq o‘sishi - dekabr oyida komissiyaning standart stavka miqdoridan 1 foiz punktga pasayishi, 18 va 24 oylik muddatlardan tashqari, ular uchun komissiyaning standart stavka miqdoridan 0,5 foiz punktga pasayishi.
Yanvar uchun: dekabr oyida shaxsiy aylanmaning noyabrga nisbatan 50% va undan ortiq o‘sishi — yanvar oyida avvalgi davr stavka miqdoridan 1 foiz punktga pasayish, 18 va 24 oylik muddatlardan tashqari, ular uchun avvalgi davr stavka miqdoridan 0,5 foiz punktga pasayish.
Dekabr oyida noyabrga nisbatan oylik o‘sish 50 foizga erishilmasa, lekin o‘sish 40 foizdan 49,9 foizgacha bo‘lsa, yanvar oyi uchun stavka dekabrdagidek qoladi. 40% dan kam o‘sish bo‘lsa, keyingi oy uchun stavka standartga qaytariladi.
Yanvar uchun: Yanvar oyida shaxsiy aylanmaning dekabrga nisbatan saqlanib qolishi — fevral oyida avvalgi davr stavka miqdoridan 1 foiz punktga pasayish, 18 va 24 oylik muddatlardan tashqari, ular uchun avvalgi davr stavka miqdoridan 0,5 foiz punktga pasayish.
Premium: Ushbu toifadagi hamkorlar aylanmaning o‘sishi uchun quyidagi rag‘batlantirish shartlariga ega bo‘ladilar:
Premium toifasi uchun tarif stavkasi, agar o‘sish rejasi bajarilgan bo‘lsa, har oyda keyingi oy uchun qayta ko‘rib chiqiladi va quyidagicha belgilanadi: 3, 6, 9 va 12 oylik muddatlar uchun 1,5 foiz punkt, 18 va 24 oylik muddatlar uchun esa hamkorning oxirgi stavkasidan 1 foiz punkt pasaytirish.
Dekabr uchun: noyabr oyida shaxsiy aylanmaning oktyabrga nisbatan 40% va undan ortiq o‘sishi — dekabr oyida komissiyaning standart stavka miqdoridan 1,5 foiz punktga pasayishi, 18 va 24 oylik muddatlardan tashqari, ular uchun komissiyaning standart stavka miqdoridan 1 foizga pasayishi.
Yanvar uchun: dekabr oyida shaxsiy aylanmaning noyabrga nisbatan 50% va undan ortiq o‘sishi — yanvar oyida komissiyaning oldingi davr stavka miqdoridan 1,5 foiz punktga pasayishi, 18 va 24 oylik muddatlardan tashqari, ular uchun komissiya oldingi davr stavka miqdoridan 1 foiz punktga pasayishi.
Dekabr oyida noyabr oyiga nisbatan oylik o‘sish 50% ga erishilmasa, lekin o‘sish 40% dan 49,9% gacha bo‘lsa, yanvar oyi uchun stavka noyabr oyida o‘sish shartini bajarganlar uchun dekabr oyidagidek qoladi. O‘sish 40 foizdan kam bo‘lgan taqdirda, keyingi oy uchun stavka standartga qaytariladi.
Fevral oyi uchun: Yanvar oyida dekabrga nisbatan shaxsiy aylanmani saqlab qolish — 18 va 24 oylik muddatlardan tashqari davr uchun oldingi stavka miqdoridan komissiyani 1,5 foiz punktga pasaytirish, ular uchun davr uchun oldingi stavka miqdoridan komissiyani 1 foiz punktga pasaytirish.
3 oy muddatga tarif komissiyasining minimal chegarasi 6,5% etib belgilanadi.
Dastur mexanizmi:
Hamkorlar o‘z aylanmalari asosida avtomatik ravishda dasturga kiritiladi va ularning foiz stavkasi har oyda qayta ko‘rib chiqiladi.
Standard va Premium toifasi uchun aylanmaning o‘sishi uchun rag‘batlantirish noyabrdan yanvargacha o‘sib boradi, oxirgi stavkadan boshlab har oylik qadamni maksimal qayta ko‘rib chiqish bilan amalga oshiriladi: 1% (Standard mijozlari uchun) va 1,5% (Premium mijozlari uchun)
Yuqori aylanma bo‘yicha aniq reja har oyda alohida har bir hamkor uchun belgilanadi — bu ko‘rsatkichga erishilganda hamkor keyingi oy uchun stavkani pasaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Dasturning maqsadi:
Uzoq muddatli hamkorlik hamda hamkorlarning sodiqligini oshirishga qaratilgan moslashuvchan tariflar va rag‘batlantirish tizimi orqali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash.
Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.
Please, introduce yourself to start the conversation