
2026-yil 1-apreldan ayrim to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF–246-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Markaziy bankning 2026-yil 23-fevraldagi rasmiy topshirig‘iga muvofiq, 2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim turdagi to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Mazkur tartib hisob-kitoblarni yanada shaffof qilish, xavfsizlikni oshirish hamda zamonaviy to‘lov infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan.
Qaysi to‘lovlar naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi?
2026-yil 1-apreldan boshlab quyidagi to‘lovlar bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali qabul qilinadi:
davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar;
elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar (bank kassalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno);
alkogol va tamaki mahsulotlari uchun to‘lovlar;
avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish hamda elektr transport vositalarini zaryadlash xizmatlari;
qiymati 25 million so‘mdan oshadigan mahsulot va xizmatlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno);
ko‘chmas mulk obyektlarini sotish va sotib olish;
ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifaga kiruvchi transport vositalari hamda maxsus avtotransport vositalari oldi-sotdisi.
Bitimlar bo‘yicha hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi?
Ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdi shartnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar banklar va notarial organlarning axborot tizimlari o‘rtasidagi elektron ma’lumot almashinuvi orqali amalga oshiriladi. Shartnomalarni notarial tartibda rasmiylashtirish jarayonida to‘lov tasdig‘i tijorat banklari va to‘lov tashkilotlari tomonidan taqdim etiladigan elektron ma’lumotlar asosida tekshiriladi.
Mijozlar uchun qulayliklar
Anorbank barcha mijozlarga naqd pulsiz to‘lovlarni qulay va xavfsiz amalga oshirish imkoniyatlarini taqdim etadi.
Bank kartalari orqali to‘lovlar
“Anorbank Mobile” ilovasi orqali onlayn to‘lovlar
Elektron to‘lov tizimlari bilan integratsiya
Yangi tartib 2026-yil 1-apreldan kuchga kiradi.
Please, introduce yourself to start the conversation