
Keng koʻlamli marketing tadbirlaridan biri “Tashkent Digital Marketing Forum 2023” oʻz nihoyasiga yetdi. Unda yirik kompaniyalardan tortib to bloggerlargacha boʻlgan turli media sohalaridagi tashkilotlar va mutaxassislar ishtirok etishdi.
Bundan tashqari, ANORBANK “2022-yilda eng tez rivojlangan raqamli bank” deya forumda tan olindi.
Bunday muhim mukofotni olganimizdan juda xursand boʻldik. Biz ushbu yutugʻida toʻxtab qolmay, bundan-da yuqori natijalarga erishishni rejalashtirdik.
Mijozlarimiz va foydalanuvchilarimiz bizga koʻrsatgan ishonchlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Please, introduce yourself to start the conversation