ANORBANK raqamli to‘lovlar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun mukofot bilan taqdirlandi

27.10.2023

ANORBANK raqamli to‘lovlar rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun mukofot bilan taqdirlandi


2023-yilning 26-oktabr kuni Intercontinental Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bank va fintech sohalari yetakchilarini birlashtirgan UZCARD FORUM bo‘lib o‘tdi.

UZCARD FORUM netvorking uchun ochiq platforma bo‘lib, dolzarb masalalarni ochiq muhokama qilish, moliyaviy texnologiyalar olamidagi trendlar va tendentsiyalarni o‘rganish imkonini berdi. Tadbir o'zaro sheriklik negizida ochiq muloqotni rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.

O‘zbekiston bank sektori uchun global trendlar, tendentsiyalar va muammolar, Big Data'dan foydalanish yondashuvlari masalalari, banklarning raqamli transformatsiyasidan o’tish tajribasi kabi mavzular UZCARD FORUM muhokamalarida o’rin oldi.

Forum doirasida mamlakat banklari rahbarlari va UZCARD vakillari ishtirok etgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Natijada moliya sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar almashildi.

Forum yakunlariga ko‘ra, UZCARD bank sektori va fintech kompaniyalari vakillarini O‘zbekiston Respublikasida moliya sektorini rivojlantirishning turli yo‘nalishlarida erishgan yutuqlari uchun UZCARD AWARD bilan taqdirladi. "ANOR BANK" AJ 2023-yilda raqamli to‘lov tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari uchun “Raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti bilan taqdirlandi.

Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram


Read more

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation