TEXNIK TOPSHIRIQ
Bankning ma’muriy binosida xona o‘simliklariga kompleks parvarish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha
1. Umumiy ma’lumotlar
Buyurtmachi: ANOR BANK
Xizmat ko‘rsatish joyi: Bankning ma’muriy binosi, jumladan xoll zonalari, mijozlar hududi, kabinetlar, muzokara xonalari, kassa uzellari va yo‘laklar.
Xizmat ko‘rsatish muddati: shartnoma tuzilgan kundan boshlab 12 oy, uzaytirish (prolongatsiya) imkoniyati bilan.
Xarid maqsadi — xona o‘simliklarining sanitariya, estetik va fitosanitariya holatini ta’minlash.
2. Xizmatlar hajmi va ro‘yxati
Ijrochi xona o‘simliklariga kompleks professional parvarishni ta’minlash majburiyatini oladi, jumladan:
2.1. O‘simliklarning biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda muntazam sug‘orish.
2.2. Tuproq holati, ildiz tizimi va drenajni nazorat qilish.
2.3. Tuproqni yumshatish.
2.4. O‘g‘itlash (tasdiqlangan jadval asosida va Buyurtmachi bilan kelishilgan holda).
2.5. O‘simliklarni purkash.
2.6. Barglarni chang va iflosliklardan tozalash.
2.7. Qurigan va shikastlangan barglarni olib tashlash.
2.8. Zarur hollarda toj shakllantirish va dekorativ kesish.
2.9. Zaruratga ko‘ra ko‘chirib o‘tqazish.
2.10. Zararkunandalar va kasalliklarga qarshi profilaktik ishlov berish.
2.11. Zararlanish aniqlanganda favqulodda ishlov berish.
2.12. Gul tuvaklari, tagliklar va tutash hudud tozaligini saqlash.
2.13. Nobud bo‘lgan o‘simliklarni almashtirish (Buyurtmachi bilan kelishilgan holda).
2.14. O‘simliklarni saqlash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etish.
3. Xizmat ko‘rsatish davriyligi
Rejalashtirilgan xizmat — haftasiga kamida 2 marta.
Qo‘shimcha tashriflar — Buyurtmachi arizasiga binoan.
Profilaktik ishlov — tasdiqlangan jadvalga muvofiq.
4. Ijrochiga qo‘yiladigan talablar
4.1. Fitodizayn va o‘simliklarga parvarish sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi.
4.2. Malakali mutaxassislarning mavjudligi.
4.3. Odamlar va bino uchun xavfsiz, sertifikatlangan preparatlardan foydalanish.
4.4. O‘z inventari, uskunalari va sarf materiallarining mavjudligi.
4.5. Mehnatni muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligi va Bankning ichki tartib qoidalariga rioya etish.
5. Hisobot talablari
5.1. O‘simliklarga xizmat ko‘rsatish jurnalini yuritish.
5.2. Bajarilgan ishlar bo‘yicha oylik hisobot taqdim etish.
5.3. Aniqlangan muammolar haqida Buyurtmachini zudlik bilan xabardor qilish.
6. Tijorat taklifiga qo‘yiladigan talablar
Tender ishtirokchisi quyidagilarni taqdim etishi shart:
• Xizmatlar qiymati (oylik va yillik);
• Qo‘shimcha ishlar qiymati hisob-kitobi;
• Qo‘llaniladigan preparatlar va materiallar ro‘yxati;
• Ro‘yxatdan o‘tganlik hujjatlari nusxalari;
• Shunga o‘xshash shartnomalarni bajarish tajribasi haqida ma’lumot;
• Mobilizatsiya muddati (xizmat ko‘rsatishni boshlash sanasi).
7. To‘lov shartlari
To‘lov har oyda, ko‘rsatilgan xizmatlar faktiga ko‘ra, imzolangan Bajarilgan ishlar dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha shartlar
Muvaffaqiyatli tijorat takliflari bo‘yicha mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuziladi va keyingi to‘lov (postto‘lov) sharti qo‘llaniladi. Yetkazib beruvchi tovarni 5 bank ish kuni ichida yetkazib berishi shart.
Koll-markaz raqami: 1290
Xodimlarning ichki raqamlari:
Ubaydullayev B. — 1000
Azimov S. — 1250
Elektron pochta:
TenderAnorbank@anorbank.uz
ANORBANK@exat.uz
Please, introduce yourself to start the conversation