ANORBANK tender e’lon qiladi

23.02.2026

ANORBANK tender e’lon qiladi

TEXNIK TOPSHIRIQ

Bankning 7 qavatli ma’muriy binosining 1-qavat xollida dekorativ bambuk panellarini o‘rnatish bo‘yicha

Umumiy qoidalar

1.1. Buyurtmachi: ANOR BANK
1.2. Obyekt: Bankning 7 qavatli ma’muriy binosi.
1.3. Ishlarni bajarish joyi: 1-qavat xolli.
1.4. Ishlarni bajarish asosi: interyerini yangilash va eskirgan devor qoplamasini almashtirish zarurati.

Xarid predmeti

Bank binosining 1-qavat xollida bambukdan tayyorlangan dekorativ devor panellarini yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha ishlar kompleksini bajarish.

Ishlar hajmi

Pudratchi quyidagi ish turlarini bajarishi shart:
• Obyektga chiqish, o‘lchovlarni amalga oshirish va ishchi hujjatlarni tayyorlash.
• Mavjud qoplamani demontaj qilish (zarur hollarda).
• Devor yuzasini tayyorlash (tekislash, gruntlash, zarurat bo‘lsa karkas o‘rnatish).
• Dekorativ bambuk panellarini yetkazib berish.
• Tasdiqlangan dizayn-yechimga muvofiq panellarni montaj qilish.
• Dekorativ va tutashtiruvchi elementlarni o‘rnatish.
• Himoya tarkiblari bilan ishlov berish (zarur hollarda).
• Qurilish chiqindilarini olib chiqish va obyektni Buyurtmachiga topshirish.

Materiallarga qo‘yiladigan talablar
• Tabiiy bambukdan tayyorlangan panellar.
• Rang va tekstura – Buyurtmachi bilan kelishiladi.

Material quyidagilarga javob berishi lozim:
• ekologik xavfsiz;
• mexanik shikastlanishga chidamli;
• namlikka bardoshli;
• yong‘inga chidamli;
• rang o‘chishiga chidamli;
• jamoat binolarida foydalanish uchun yaroqli.

Muvofiqlik va sifat sertifikatlarining mavjudligi majburiy.

Ishlarni bajarish talablari
• Ishlar Bank faoliyatiga xalal bermagan holda bajarilishi lozim.
• Texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish.
• Chang va shovqinni minimallashtirish.
• Professional asbob-uskunalardan foydalanish.
• Eshik o‘rinlari, vitrajlar va shift konstruksiyalariga saranjom tutashtirishni ta’minlash.
• Mahkamlash elementlarining yashirin montaji.

Ishlarni bajarish muddati

Ishlarni bajarish muddati — shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 kalendar kun.

Kafolat majburiyatlari
• Bajarilgan ishlar uchun kafolat — kamida 12 oy.
• Materiallar uchun kafolat — ishlab chiqaruvchi pasportiga muvofiq.
• Kafolat muddati davomida aniqlangan nuqsonlarni Pudratchi o‘z hisobidan bartaraf etadi.

Tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar
• Shunga o‘xshash ishlarni bajarish bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba.
• Amalga oshirilgan loyihalar portfeli.
• Malakali xodimlar mavjudligi.
• Batafsil smeta bilan tijorat taklifini taqdim etish.

Qabul qilish tartibi

Ishlar Buyurtmachi tomonidan e’tirozlar bo‘lmagan taqdirda Bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangandan so‘ng bajarilgan deb hisoblanadi.

Qo‘shimcha shartlar

Muvaffaqiyatli tijorat takliflari bo‘yicha mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma tuziladi va keyingi to‘lov (postto‘lov) sharti qo‘llaniladi. Yetkazib beruvchi tovarni 5 bank ish kuni ichida yetkazib berishi shart.

Koll-markaz raqami: 1290

Xodimlarning ichki raqamlari:
Ubaydullayev B. — 1000
Azimov S. — 1250

Elektron pochta:
TenderAnorbank@anorbank.uz
ANORBANK@exat.uz

Read more

03.03.2026 «ANOR BANK» AJ Bankning ma’muriy binosida (3–7-qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va montaj qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
24.02.2026 ANORBANK TI (Threat Intelligence) sinfiga oid yechim uchun tender e’lon qiladi
24.02.2026 ANORBANK SOAR (Security Orchestration, Automation and Response) toifasidagi yechim uchun tender e’lon qiladi.

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation