“ANORBANK” AJ Anor Bonus aksiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
Ishlar ro‘yxati:
1. Fotozona va banner stendlarini ishlab chiqarish
2. Fotozona va DJ sahnasini montaj va demontaj qilish
3. DJ va boshlovchi uchun ovozli ta’minotni tashkil etish (kolonkalar, DJ pulti, 2 dona mikrofon)
4. Ovoz uskunalarini sozlash
Xizmat ko‘rsatish muddati:
Shartnoma imzolangan kundan boshlab 1 hafta.
Ishlarning maqsadi:
Anor Bonus aksiyasi g‘oliblarini taqdirlash marosimini o‘tkazish.
Tender ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
• Bozorda kamida 2 yillik ish tajribasi;
• Malakali mutaxassislar mavjudligi;
• Zarur jihozlar va uskunalarga ega bo‘lishi.
Tijorat taklifi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
• Xizmatlarning to‘liq qiymati;
• Qo‘shimcha ishlar uchun ehtimoliy xarajatlar hisobi;
• Foydalaniladigan materiallar ro‘yxati;
• Shunga o‘xshash shartnomalarni bajarish tajribasi haqida ma’lumot;
• Mobilizatsiya muddati (xizmat ko‘rsatish boshlanishi).
To‘lov shartlari:
Shartnoma tuzilgandan so‘ng 70% oldindan to‘lov amalga oshiriladi.
Yakuniy hisob-kitob bajarilgan ishlar dalolatnomasi va hisob-faktura asosida amalga oshiriladi.
Tender ishtirokchilaridan tijorat takliflarini 5 bank ish kuni ichida quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish so‘raladi.
Call-markaz raqami: 1290
Xodimlarning ichki raqamlari:
Ubaydullayev B. – 1000
Azimov S. – 1250
Elektron pochta:
Please, introduce yourself to start the conversation