"ANOR BANK" AJ Bankning ma’muriy binosida (3-7 qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va o‘rnatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.

17.03.2026

"ANOR BANK" AJ Bankning ma’muriy binosida (3-7 qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va o‘rnatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.

ANORBANK Chirchiq SO (sotuv ofisi) binolarida joriy ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha tender e’lon qiladi

1. Umumiy ma’lumot
Mazkur texnik topshiriq ANORBANK Chirchiq SO binolarida joriy ta’mirlash ishlarini bajarish uchun pudrat tashkilotini tanlash maqsadida tender o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan. Ishlar komissiya tomonidan binolarni ko‘zdan kechirish natijasida tuzilgan nuqsonlar dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. Pudrat tashkiloti mazkur texnik topshiriqda nazarda tutilgan barcha ta’mirlash va montaj ishlarini to‘liq hajmda, sifatli materiallardan foydalangan holda hamda amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga rioya qilgan holda bajarishi shart.

2. Ishlar ro’yhati va hajmi

                              Ishlar nomi

O’l. bir.

Miqdor

1

Devor va shift yuzalarini qo‘lda tozalash (eski moyli bo‘yoqlardan)



225

2

Yog‘och devorlar va to‘siqlardagi eshik qutilarini demontaj qilish

dona

2

3

Eshik polotnolarini olib tashlash

3,6

4

Eshik naqshlarini olib tashlash

m

10

5

Shift yuzalarini to‘liq tekislash

34

6

Shtukaturka ustiga suv-emulsiyali bo‘yoq bilan shiftlarni yaxshilangan bo‘yash

34

7

Devor yuzalarini to‘liq tekislash

454

8

Shtukaturka ustiga suv-emulsiyali bo‘yoq bilan devorlarni yaxshilangan bo‘yash



454

9

Ichki va tashqi eshik ochilish joylariga eshik bloklarini o‘rnatish



4,2

10

Og‘irligi 0,025 tonnagacha bo‘lgan o‘q ventilyatorlarini o‘rnatish

dona

4

11

Ventilyatsiya panjaralarini o‘rnatish

   dona

4

12

Diametri 100 mm bo‘lgan havo o‘tkazgichlarini o‘rnatish

m

6

13

Elektr simlarini himoya qobig‘ida devor bo‘ylab shtukaturka ostida yoki yoriqlarda yotqizish

m

10


3. Ishlar sifatiga qoyiladigan talablar

Barcha ishlar amaldagi qurilish me’yorlari va qoidalariga muvofiq bajarilishi kerak.

Foydalaniladigan qurilish va pardozlash materiallari yangi, sifatli va belgilangan standartlarga mos bo‘lishi lozim. Pudratchi mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart. Barcha ishlar bank faoliyatiga minimal ta’sir ko‘rsatgan holda bajarilishi kerak..
4. Pudratchiga qo‘yiladigan talablar

Tenderda quyidagi talablarga javob beradigan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin:

• shunga o‘xshash qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarish tajribasiga ega bo‘lishi;

• malakali mutaxassislar va zarur texnik resurslarga ega bo‘lishi;

• amaldagi qonunchilikka muvofiq qurilish va montaj ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishi;

• ishlarni belgilangan muddatlarda bajarishni ta’minlashi.

5.Ishlarni bajarish muddati

Ishlarni bajarish muddati tender natijalariga ko‘ra belgilanadi va g‘olib bilan tuziladigan shartnomada ko‘rsatiladi.

 6. Ishlarni topshirish va qabul qilish tartibi

Ishlar yakunlangandan so‘ng pudratchi bajarilgan ishlarni Buyurtmachiga qabul qilish uchun taqdim etadi.

Qabul qilish Buyurtmachining vakolatli komissiyasi tomonidan dalolatnoma imzolash orqali amalga oshiriladi.
7. Kafolat majburiyatlari
Pudratchi bajarilgan ishlar uchun qabul qilish dalolatnomasi imzolangan kundan boshlab kamida 12 oy kafolat beradi.

Tender ishtirokchilaridan 5 bank kuni ichida tijorat takliflarini quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish so‘raladi.

Koll-markaz raqami: 1290

Xodimlarning ichki raqamlari:

Ubaydullayev B. — 1000

Azimov S. — 1269

Elektron pochta:

TenderAnorbank@anorbank.uz

ANORBANK@exat.uz

Read more

03.03.2026 «ANOR BANK» AJ Bankning ma’muriy binosida (3–7-qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va montaj qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
24.02.2026 ANORBANK TI (Threat Intelligence) sinfiga oid yechim uchun tender e’lon qiladi
24.02.2026 ANORBANK SOAR (Security Orchestration, Automation and Response) toifasidagi yechim uchun tender e’lon qiladi.

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation