«Anor Bank» AJ bank reklamasini raqamli kanallarda strategik rejalashtirish, boshqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tender e’lon qiladi.

16.03.2026

«Anor Bank» AJ bank reklamasini raqamli kanallarda strategik rejalashtirish, boshqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tender e’lon qiladi.

«Anor Bank» AJ bank reklamasini raqamli kanallarda strategik rejalashtirish, boshqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha tender e’lon qiladi.


Loyihaning maqsadi — bankning raqamli marketing kommunikatsiyalari samaradorligini oshirish, maqsadli auditoriya qamrovini kengaytirish, yangi mijozlarni jalb qilish va reklama budjetidan foydalanish samaradorligini oshirish.

Tender predmeti

Tender doirasida quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish nazarda tutiladi:

1. Mavjud digital faoliyatni tahlil qilish (AS-IS)

• bankning joriy digital reklama kanallarini tahlil qilish

• reklama kampaniyalari samaradorligini tahlil qilish

• maqsadli auditoriya segmentlari va foydalanuvchi ssenariylarini tahlil qilish

• raqobatchilar va bozorning eng yaxshi amaliyotlarini o‘rganish

2. Digital marketing strategiyasini ishlab chiqish (TO-BE)

• bankning digital kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqish

• media strategiya va mediaplan ishlab chiqish

• ustuvor digital reklama kanallarini aniqlash

• mijozlar bilan o‘zaro aloqalar ssenariylarini ishlab chiqish

3. Reklama kampaniyalarini rejalashtirish va joylashtirish

• mediaplan tuzish

• digital reklama kampaniyalarini ishga tushirish va boshqarish

• asosiy digital platformalarda reklama joylashtirish

• reklama kampaniyalarini optimallashtirish

4. Analitika va optimallashtirish

• reklama samaradorligini monitoring qilish tizimini sozlash

• kampaniyalar ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilish

• ma’lumotlar asosida reklama joylashuvlarini optimallashtirish

• muntazam analitik hisobotlar tayyorlash


Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar

Tenderda quyidagi tajribaga ega kompaniyalar ishtirok etishi mumkin:

• digital marketing loyihalarini amalga oshirish tajribasi

• media strategiyalar ishlab chiqish tajribasi

• online reklama kampaniyalarini boshqarish tajribasi

• bank, fintech yoki yirik brendlar bilan ishlash tajribasi


Moliyaviy mahsulotlarni muvaffaqiyatli targ‘ib qilish bo‘yicha real кейslar mavjudligi ustunlik hisoblanadi.


Takliflarni yuborish

Qiziqqan kompaniyalar quyidagilarni o‘z ichiga olgan tijorat takliflarini yuborishlari mumkin:

• loyiha metodologiyasi va yondashuv tavsifi

• o‘xshash loyihalar tajribasi

• loyiha jamoasi va asosiy mutaxassislar haqida ma’lumot

• taklif etilayotgan reklama kanallari

• xizmatlar narxi va loyiha muddatlari


«Anor Bank» AJ tender ishtirokchilaridan qo‘shimcha ma’lumot so‘rash hamda muzokaralar o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


Hamkorlik shartlari

Eng samarali va iqtisodiy jihatdan asoslangan takliflarni taqdim etgan kompaniyalar bilan bank reklamasini digital kanallarda joylashtirish bo‘yicha shartnoma tuziladi.

To‘lov shartlari tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.


Aloqa ma’lumotlari

Call-markaz raqami: 1290

Xodimlarning ichki raqamlari:

Azimov S. — 1250


Elektron pochta:

TenderAnorbank@anorbank.uz

ANORBANK@exat.uz

Read more

03.03.2026 «ANOR BANK» AJ Bankning ma’muriy binosida (3–7-qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va montaj qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
24.02.2026 ANORBANK TI (Threat Intelligence) sinfiga oid yechim uchun tender e’lon qiladi
24.02.2026 ANORBANK SOAR (Security Orchestration, Automation and Response) toifasidagi yechim uchun tender e’lon qiladi.

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation