“ANOR BANK” AJ bank mobil ilovalarining kompleks xavfsizligini taʼminlash uchun Talsec Mobile App Security SDK yechimi litsenziyalarini yetkazib berish va unga hamrohlik qilish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tender doirasida tijorat takliflarini saralas

20.05.2026

“ANOR BANK” AJ bank mobil ilovalarining kompleks xavfsizligini taʼminlash uchun Talsec Mobile App Security SDK yechimi litsenziyalarini yetkazib berish va unga hamrohlik qilish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tender doirasida tijorat takliflarini saralas

TENDER OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDA EʻLON


“ANOR BANK” AJ bank mobil ilovalarining kompleks xavfsizligini taʼminlash uchun Talsec Mobile App Security SDK yechimi litsenziyalarini yetkazib berish va unga hamrohlik qilish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tender doirasida tijorat takliflarini saralash boshlanganini eʼlon qiladi.


Tenderdan maqsad — bank mobil ilovalarini runtime-hujumlar, mijoz muhitining buzilishi (komprometatsiya), API suiisteʼmoli, reverse engineering, session hijacking va boshqa axborot xavfsizligi tahdidlaridan himoya qiluvchi Mobile Application Security sohasidagi yechim yetkazib beruvchini tanlashdan iborat.


Tender doirasida quyidagilarni oʻz ichiga olgan tijorat takliflari koʻrib chiqiladi:

• Talsec Mobile App Security SDK litsenziyalarini yetkazib berish;

• yechimni joriy etish va unga hamrohlik qilish xizmatlari;

• platformaning arxitekturaviy, texnik va funksional imkoniyatlari tavsifi;

• bankning mobil ilovalari va backend-tizimlari bilan integratsiya qilish shartlari;

• texnik qoʻllab-quvvatlash va SLA shartlari;

• yechimni joriy etish va sanoat ekspluatatsiyasiga topshirish muddatlari;

• litsenziyalash va hamrohlik qilish xizmatlari qiymati.


Ishtirok etish uchun bank va moliya sektori mobil ilovalarini himoya qilish, Mobile App Security, RASP hamda API Protection yechimlarini joriy etishda tasdiqlangan tajribaga ega kompaniyalar taklif etiladi.


Tijorat takliflarini saralash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

• buyurtmachining texnik talablariga muvofiqligi;

• yechim funksional imkoniyatlarining toʻliqligi;

• yetkazib beruvchining tajribasi va malakasi;

• hamrohlik qilish va texnik qoʻllab-quvvatlash shartlari;

• loyihani amalga oshirish muddatlari;

• litsenziyalar va hamrohlik qilish xizmatlarining qiymati.

Kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra, keyingi hamkorlik uchun yetkazib beruvchi aniqlanadi.


Aloqa uchun maʼlumotlar

“ANOR BANK” AJ

• Abduraxmanov A. A. — Axborot xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi

Telefon: +998 90 001 34 43

• Tangibayev A. Sh. — Axborot xavfsizligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Telefon: +998 90 991 80 81


Read more

03.03.2026 «ANOR BANK» AJ Bankning ma’muriy binosida (3–7-qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va montaj qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
24.02.2026 ANORBANK TI (Threat Intelligence) sinfiga oid yechim uchun tender e’lon qiladi
24.02.2026 ANORBANK SOAR (Security Orchestration, Automation and Response) toifasidagi yechim uchun tender e’lon qiladi.

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation