«Anor Bank» AJ bank mijozlari uchun sodiqlik (loyalty) ekotizimini ishlab chiqish, yaratish va joriy etish bo‘yicha konsalting xizmatlari uchun tender e’lon qiladi.
Loyihaning maqsadi — mijozlarning bank mahsulotlaridan foydalanishini oshirish, ularning bank bilan uzoq muddatli aloqalarini mustahkamlash va mijozlar faolligini oshirishga qaratilgan zamonaviy sodiqlik tizimini yaratish.
Tender predmeti
Tender doirasida quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilgan:
1. Joriy holatni tahlil qilish (AS-IS)
bankning mavjud sodiqlik dasturlari va marketing faoliyatini tahlil qilish
mijoz segmentlari va foydalanuvchi ssenariylarini tahlil qilish
xalqaro tajriba va raqobatchilar muhitini tahlil qilish
2. Sodiqlik ekotizimi konsepsiyasini ishlab chiqish (TO-BE)
sodiqlik dasturi strategiyasini ishlab chiqish
bonuslar, cashback, gamifikatsiya va rag‘batlantirish mexanizmlarini shakllantirish
mijoz yo‘li (customer journey) va foydalanuvchi ssenariylarini ishlab chiqish
3. Arxitektura va texnologik model
sodiqlik tizimining maqsadli arxitekturasini ishlab chiqish
bank tizimlari va raqamli kanallar bilan integratsiya modelini aniqlash
texnologik platformani tanlash bo‘yicha tavsiyalar
4. Joriy etish va kengaytirish rejasi
loyiha joriy etish roadmapini ishlab chiqish
samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) aniqlash
pilot loyihalarni ishga tushirish va keyinchalik kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar
Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar
Tenderda quyidagi sohalarda tajribaga ega kompaniyalar ishtirok etishlari mumkin:
sodiqlik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish
CRM va CDP tizimlari bo‘yicha konsalting
bank yoki fintech loyihalarini amalga oshirish tajribasi
mijoz tajribasi (CX) strategiyalarini ishlab chiqish
Arizalarni topshirish
Qiziqqan kompaniyalar quyidagilarni o‘z ichiga olgan tijorat takliflarini yuborishlari mumkin:
loyiha metodologiyasi va amalga oshirish yondashuvi
o‘xshash loyihalar bo‘yicha tajriba
loyiha jamoasi va ekspertlar haqida ma’lumot
xizmatlar narxi va amalga oshirish muddati
«Anor Bank» AJ zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumot so‘rash va tender ishtirokchilari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Hamkorlik shartlari
Muvaffaqiyatli tijorat takliflari bilan post-to‘lov sharti bilan xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuziladi.
Aloqa ma’lumotlari
Call-markaz raqami: 1290
Xodimlarning ichki raqamlari:
Azimov S. — 1250
Elektron pochta:
Please, introduce yourself to start the conversation