8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan filiallarni bezatish va tadbir tashkil etish bo‘yicha tender

11.03.2026

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan filiallarni bezatish va tadbir tashkil etish bo‘yicha tender

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan filiallarni bezatish va tadbir tashkil etish bo‘yicha tender


«Anor Bank» AJ 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan filiallarni bezatish dizaynini ishlab chiqish, lokatsiyalarni bezatish va bayram tadbirini tashkil etish xizmatlari uchun tender e’lon qiladi.

Tender predmeti

Tender doirasida quyidagi ishlar bajarilishi rejalashtirilgan:

1. 1-sonli filialni bezatish

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-uy.

2. 2-sonli filialni bezatish

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasi, 5-tor ko‘cha, 4-uy.

Bezatish ishlari dizayn konsepsiyasini ishlab chiqish, hududni dekorativ bezatish, tematik elementlarni o‘rnatish va 8 mart bayramiga mos bayramona muhit yaratishni o‘z ichiga oladi.

3. Bayram tadbirini tashkil etish va o‘tkazish


Ijrochi tadbir konsepsiyasini ishlab chiqish, bayram dasturini tashkil etish va o‘tkazish, shuningdek tadbirning barcha elementlarini muvofiqlashtirishni ta’minlashi kerak.


Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar

Tenderda quyidagi sohalarda tajribaga ega kompaniyalar ishtirok etishlari mumkin:

bayram va event-konsepsiyalar ishlab chiqish

tijorat hududlarini bezatish

korporativ tadbirlarni tashkil etish

Arizalarni topshirish


Qiziqqan kompaniyalar quyidagilarni o‘z ichiga olgan tijorat takliflarini yuborishlari mumkin:

bezatish va tadbir konsepsiyasi

amalga oshirilgan loyihalar portfeli

xizmatlar narxi

amalga oshirish muddati


«Anor Bank» AJ zarur hollarda qo‘shimcha ma’lumot so‘rash va tender ishtirokchilari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Hamkorlik shartlari

Muvaffaqiyatli tijorat takliflari bilan keyinchalik post-to‘lov sharti bilan mahsulot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuziladi. Yetkazib beruvchi tovarni 5 bank kuni ichida yetkazib berishi shart.


Aloqa ma’lumotlari

Call-markaz raqami: 1290

Xodimlarning ichki raqamlari:

Azimov S. — 1250


Elektron pochta:

TenderAnorbank@anorbank.uz

ANORBANK@exat.uz

Read more

03.03.2026 «ANOR BANK» AJ Bankning ma’muriy binosida (3–7-qavatlar, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy) yong‘in signalizatsiyasini tiklash va montaj qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun tender e’lon qiladi.
24.02.2026 ANORBANK TI (Threat Intelligence) sinfiga oid yechim uchun tender e’lon qiladi
24.02.2026 ANORBANK SOAR (Security Orchestration, Automation and Response) toifasidagi yechim uchun tender e’lon qiladi.

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation