"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

07.11.2025

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

Hurmatli aksiyadorlar!

"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 6-noyabrdagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 28-noyabr kuni bevosita Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-uyda, "ANOR BANK" AJ binosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi. e-mail: info@anorbank.uz , veb-sayt: www.anorbank.uz
 Ro‘yxatdan o‘tish - 10.30 da boshlanadi.
 Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi - 11.00 da boshlanadi.
 Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana – 2025-yil 24-noyabr.                                                            

   Kun tartibi:

  1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
  2. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
  3. 2025-yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha sof foydani taqsimlash to‘g‘risida.
  4. "ANOR BANK" AJ Ustav kapitalini oshirish to‘g‘risida.
  5. "ANOR BANK" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
  6. "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi Nizomni va "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi a’zolariga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida.

"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85   
  Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.  


Read more

29.04.2026 ANORBANK korporativ obligatsiyalarning ilk emissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qiladi
28.04.2026 "ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi
02.02.2026 "ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation