“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

21.07.2023

“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Hurmatli aksiyadorlar!

“ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2023-yil 15- avgust kuni Toshkent sh., ko‘ch. Sayram 5-oʻtish koʻchasi, 4-uy, “ANOR BANK” AJ binosida elektron manzil info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz

Ro‘yxatga olish soat 10:30 da boshlanadi.

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi boshlanishi - soat 11.00.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2023-yil 9- avgust.


Kun tartibi:

1. “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

2. “ANOR BANK” AJ sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

3. “ANOR BANK” AJning 2022 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotining ishonchliligi to‘g‘risidagi “Ernst & Young” MChJ auditorlik kompaniyasining xulosasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

4. “ANOR BANK” AJ tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.


“ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uchun tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent sh. Sayram 5-oʻtish, 4.


Izoh: Aksiyadorning aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishidagi vakili vakil to'g'risidagi ma'lumotlar (ismi yoki lavozimi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma'lumotlari) ko'rsatilgan yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.


Read more

29.04.2026 ANORBANK korporativ obligatsiyalarning ilk emissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qiladi
28.04.2026 "ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi
02.02.2026 "ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation