"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarga imtiyozli huquq to'g'risida e'lon qiladi

20.12.2021

"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarga imtiyozli huquq to'g'risida e'lon qiladi

HURMATLI “ANOR BANK”AJ AKSIYACHILARI!

“ANOR BANK”AJ Kuzatuv kengashining ma’lum qilishicha, 2021-yil 20-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “ANOR BANK”AJning 20 000 000 dona nominal qiymatidagi oddiy, sertifikatsiz har biri 1000 so’mdan yopiq obuna yo’li bilan umumiy summasi 20 000 000 000 so’m bo’lgan aksiyalarni qo’shimcha chiqarish to’g’risidagi qaror ro’yxatga olingan.

Qo’shimcha chiqarish to’g’risidagi qarorga muvofiq, “ANOR BANK”AJ aksiyadorlari, oddiy sertifikatlanmagan aksiyalar egalari ushbu chiqarilishdan o’zlariga tegishli aksiyalar soni va turiga mutanosib ravishda sotib olish huquqiga ega. Imtiyozli sotib olish huquqi 2021-yil 10-dekabr holatiga ko’ra shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan “ANOR BANK”AJ aksiyalari egalari – aksiyadorlarga tegishli.

Imtiyozli huquq ushbu xabar e’lon qilingan kundan boshlab 10 kalendar kun davomida amal qiladi.

“ANOR BANK”AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq, aksiyalarni joylashtirish narxi har bir aksiya uchun 1000 so’m miqdorida belgilandi.

Imtiyozli huquqqa ega bo’lgan aksiyador “ANOR BANK”AJga u tomonidan F.I.Sh, aksiyadorning yashash(joylashgan) joyi, sotib olingan aksiyalar soni, to’lov hujjati va aloqa telefon raqami ko'rsatilgan aksiyalarni sotib olish uchun yozma ariza yuborish orqali o’zining imtiyozli huquqidan to’liq yoki qisman foydalanishga haqli. Bunday ariza “ANOR BANK”AJga imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida topshirilishi kerak.

Mazkur emissiya aksiyalarini joylashtirish tashkillashtirilmagan birjadan tashqari qimmatli qog’ozlar bozorida fuqarolik-huquqiy bitimlar asosida tegishli shartnomalar tuzish va ularni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda “UNIVERSAL DEPOZIT” MChJda ro’yxatdan o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Imtiyozli huquqni boshqa shaxsga o’tkazishga yo’l qoyilmaydi.

Imtiyozli huquqning amal qilish muddati tugagach, qolgan aksiyalar soni yakka tartibdagi aksiyador Olimov Qaxramonjon Anvarovichga sotiladi..

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo’yicha “ANOR BANK”AJga quyidagi manzil bo’yicha murojaat qilishingiz mumkin:O’zbekiston Respublikasi, 100170, Toshkent sh., Mirzo-Ulug’bek tumani, Sayram ko’chasi 5-o’tish, 4. Bog’lanish uchun telefon: (+998) 55-503-00-00, ichki telefon 1208, (+998) 99-692-15-60.

Hurmat bilan,

«ANOR BANK»AJ Kuzatuv kengashi .

Read more

29.04.2026 ANORBANK korporativ obligatsiyalarning ilk emissiyasi ro‘yxatdan o‘tkazilganini e’lon qiladi
28.04.2026 "ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi
02.02.2026 "ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

Anorbank App

The App offers a user-friendly and intuitive interface, new functions and features, and increased speed of operation.

QR code to download the Anorbank app
Scan the QR code
and download the app.

Thank you for your feedback!

Did you find the information you are looking for?

Share link:

Anora

Online

Welcome!

Please, introduce yourself to start the conversation