Rasmiy Munosabat

04.12.2025

Rasmiy Munosabat

сайт русс.jpg

Hurmatli Nigina Xudaybergenova,

Murojaatingiz va taqdim etgan ma’lumotingiz uchun rahmat. Shuni ma’lum qilamizki, 30-noyabr kuni Anor Bank sizning murojaatingizni qabul qildi va u ichki tartib-qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Masala Xodimlarni boshqarish masalalari qo‘mitasi (HR-qo‘mita) muhokamasiga havola etildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra va qo‘mita qaroriga binoan, qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Ta’kidlash joizki, bu holat yagona bo‘lib, tizimli xarakterga ega emas.

Shuningdek, bank tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning uchinchi shaxslarga uzatilmaganini tasdiqlaymiz.

Anor Bank shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishga jiddiy e’tibor qaratadi va qonunchilik hamda ichki standartlar talablariga qat’iy rioya qiladi. Ichki nazorat doirasida biz tadbirlarga vaqtinchalik jalb qilingan xodimlarning ishi ustidan qo‘shimcha nazorat choralarini joriy etdik, shuningdek, ma’lumotlar bilan ishlash bo‘yicha yo‘riqnoma berish tartibini yanada aniqlashtirdik.

Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Murojaatingiz va vaziyatni o‘z vaqtida hal qilishga ko‘rsatgan yordamingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Hurmat bilan,
Anor Bank


Читайте также

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения