ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi

13.03.2026

ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi

1 (3).png

ANORBANK kundalik hayotning oddiy lahzalariga bag‘ishlangan yangi reklama kampaniyasini taqdim etdi. Kampaniya moliyaviy xizmatlarning odatiy ishlar va hayotiy vaziyatlarning tabiiy qismiga aylanishini ifodalovchi “doimgidek” g‘oyasiga asoslanadi.

Videoroliklarda har bir insonga tanish manzaralar — uy-ro‘zg‘or tashvishlari, oilaviy onlar va oddiy kun davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan kichik kutilmagan hodisalar ko‘rsatilgan. ANORBANK shunday hikoyalar orqali bank xizmatlari mijozlarning kundalik hayotiga tabiiy ravishda singib, oddiy va qulay bo‘lishi mumkinligini namoyish etadi.

Bugungi kunda pul o‘tkazmalari, to‘lovlar yoki bank mahsulotlarini rasmiylashtirish kabi ko‘plab amaliyotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Anorbank ilovasida bajarish mumkin. Bu esa moliyaviy masalalarni odatiy kun tartibini buzmagan holda hal etish imkonini beradi.

Yangi kampaniya moliyaviy xizmatlarni mijozlar kundalik hayoti uchun tushunarli, qulay va tabiiy holga keltirishga intilayotgan zamonaviy raqamli bank sifatida ANORBANKning rivojlanish yo‘nalishini aks ettiradi.

Читайте также

18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar
29.11.2025 Yangi valyuta omonatlari — Mustahkam va Qadam

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения