
Jismoniy shaxslar uchun Universal shartnomaga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida ma’lum qilamiz. 2024-yil 19-avgustdan boshlab muddatli/jamg‘arma omonatlarini bank ofislariga tashrif buyurgan holda ochish imkoniyatini nazarda tutuvchi shartnomaning yangi tahriri kuchga kiradi.
Ushbu yangilanish munosabati bilan shartnomaning 3-ilovasiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda shartnomadagi barcha qoidalar MBX orqali ochilgan omonatlarga ham, bankka shaxsan murojaat qilganda ham birdek qo‘llaniladi.
Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.
Пожалуйста, представьтесь для начала общения