ANORBANK Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) yillik yig‘ilishida ishtirok etdi

20.05.2024

ANORBANK Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YTTB) yillik yig‘ilishida ishtirok etdi


14-16 may kunlari Yerevanda YTTB’ning yillik yig‘ilishi va Delivering Impact Together biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, unda 74 davlatdan kelgan delegatlar qatorida ANORBANK vakillari ham ishtirok etdi.

Moliya sohasining keng ko‘lamli tadbiri 2 mingga yaqin ishtirokchini, jumladan, yuqori martabali rasmiy delegatsiyalar, xalqaro tashkilotlar va xususiy kompaniyalar vakillarini bir joyda jamladi. ANORBANK vakillari Delivering Impact Together biznes-forumi doirasida Germaniya, Italiya va Fransiyaning yirik banklari, Shveysariya va Gollandiyaning xususiy investisiya fondlari, shuningdek, Yevropaning boshqa moliya institutlari delegatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

Sohaning xorijiy yetakchilari – DZ Bank, KfW IPEX-Bank, DEG, Banca Popolare di Sondrio, ODDO BHF, Proparco va OPEC Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tomonlar global moliyaviy-iqtisodiy makonda ro‘y berayotgan voqealar yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, hamkorlik imkoniyatlari va istiqbollari, jumladan, tomonlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan loyihalarni muhokama qildilar.

Bu yil YTTB ishtirokchilar e’tiborini inklyuzivlik, raqamlashtirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish kabi uchta asosiy mavzuga qaratdi. Ushbu mavzularning har biri YTTB va ANORBANK missiyasining mohiyatini aks ettiradi hamda zamonaviy biznes va rivojlanishning o‘zgaruvchanlik xususiyatini ko‘rsatadi.


Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram


Читайте также

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения