ANORBANK va XSRIK O'zbekistonda birinchi Islom bankini yaratish bo'yicha kelishuvga erishdi.

30.04.2024

ANORBANK va XSRIK O'zbekistonda birinchi Islom bankini yaratish bo'yicha kelishuvga erishdi.


ANORBANK Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tayotgan Islom taraqqiyoti bankining yillik anjuman yig'ilishi hamda bank faoliyatining 50 yilligiga bag'ishlangan oltin yubileyida ishtirok etmoqda. Tadbirlar doirasida ANORBANK hamda Xususiy sektorini rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) O'zbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

27-30 aprel kunlari Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni qiroli Salman bin Abdulaziz al Saud homiyligida Islom taraqqiyoti banki guruhining (ITB) yillik anjuman yig'ilishi va oltin yubileyi bo'lib o'tmoqda. Tadbirlarda xalqaro va mintaqaviy moliya institutlari, Islom banklari, xususiy sektor kompaniyalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, Savdo-sanoat palatalari hamda ishbilanlar kengashlari delegatlari qatoriida ANORBANK vakillari ham ishtirok etmoqda.


Uch kun davomida delegatlar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va o'zaro hamkorlikni kengaytirish yo'llarini o'rganmoqda. ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi, unga ko'ra bank va XSRIC investitsiya imkoniyatlari va moliyalashtirishni o'rganish va aniqlashda yaqinidan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, ANORBANK va XSRIC O'zbekistonda birinchi Islom bankini tashkil etish loyihasini birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldilar. XSRIC, ANORBANK va boshqa xorijiy kompaniyalar investitsiya kiritsihsi kutiyotgan yangi bank O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq tashkil etiladi va mamlakatimiz iqtisodiyatiga xorijiy sarmoyalarni jalb etish va xalqaro hamkorlikni rivozhlantirishga xizmat qiladi.


Ma'lumot uchun: Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) ko'p tomonlama rivojlash moliya instituti bo'lib, u o'ziga a'zo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlashini qo'llab-quvvatlaydi. Jidda shahrida joylashgan ushbu korporatsiya Islom taraqqiyoti banki (ITB) guruhining bir qismi sanaladi.


O'z navbatida, ANORBANK birinchi mahalliy raqamli tijorat banki hamda O'zbekistonning eng qimmatli brendlari­dan biri bo'lib, u mijozlarga xizmat ko'rsatishni rivojlantirish bo'yicha muntazam ravishda yangi loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uning vazifasi vaqtni tejaydigan va mijozlar istaklarini ozida mujassam qilgan ishonchli mahsulotlarni yaratishdir.

ANORBANKning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma'lumot taqdim etilgan:

Facebook Telegram Instagram

Aloqa markazi: 1290


Читайте также

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения