ANORBANK Humo Momentum kartasini ishga tushirdi — darhol olish va to‘lash mumkin

07.04.2026

ANORBANK Humo Momentum kartasini ishga tushirdi — darhol olish va to‘lash mumkin

сайт русс.jpg

ANORBANK Humo Momentum kartasini ishga tushirdi — darhol olish va to‘lash mumkin


ANORBANK yangi Humo Momentum kartasi ishga tushirilganini e’lon qildi — bu tezkor chiqariladigan mahsulot bo‘lib, mijozlarga kartani darhol olib, uni shu zahotiyoq to‘lovlar uchun ishlatish imkonini beradi.


Yangi mahsulot foydalanuvchilarning hozirgi xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan: naqdsiz to‘lovlar odatiy holga aylanmoqda, tezkor moliyaviy yechimlarga ehtiyoj esa tobora ortib bormoqda. Humo Momentum kartasi eng ko‘p uchraydigan holatlardan birini hal qiladi — to‘lov ayni paytda kerak bo‘lganda, ammo karta yoningizda bo‘lmaganda.


Kartani nafaqat bank filiallarida, balki hamkor nuqtalarda — jumladan, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, savdo markazlari va mijozlar oqimi yuqori bo‘lgan boshqa joylarda ham rasmiylashtirish mumkin. Bu esa kartani aynan zarurat tug‘ilgan paytda olib, darhol to‘lovni amalga oshirish imkonini beradi.


Kartani olgandan so‘ng u mobil ilovada faollashtiriladi va qo‘shimcha kutishlarsiz foydalanishga tayyor bo‘ladi.


Humo Momentum kartasining ishga tushirilishi moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish va bank mahsulotlaridan kundalik hayotda foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.


Shartlar va tariflar

Karta bepul chiqariladi. Amal qilish muddati — 5 yil. Tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar komissiyasiz (0%) amalga oshiriladi.

Bank kassalarida naqd pul yechish — komissiyasiz, bankomatlar orqali yechishda esa xizmat ko‘rsatuvchi bank tariflari amal qiladi.


Читайте также

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения