ANORBANK G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

31.03.2023

ANORBANK G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Главный.JPG2-ой.JPG3.JPG

Tomonlar ushbu uchrashuv muhimligini ta’kidlab, hamkasblariga minnatdorlik bildirdilar.

2023-yil 31-mart kuni “ANOR BANK” AJ Boshqaruv Raisi Akramov Sherzod Salimovich va Boshqaruv raisi o‘rinbosari Nadjimitdinov Elyor Rustamovich Filial direktori, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Abdurahmonov Qalandar Xodjayevich bilan uchrashdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha taraflar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha Memorandumni imzoladilar. Ushbu hujjat quyidagilarni o’z ichiga oladi:

– G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti (RIU) filiali talabalari uchun bank filiallarida diplom oldi amaliyoti va stajirovkani tashkil etish, o‘zaro manfaatli sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash;

– Filial tomonidan Anorbank mobil ilovasi orqali “Shartnoma bo‘yicha to‘lov” xizmatini targ‘ib qilishda ko‘maklashish, kontrakt to‘lovi bo‘yicha shartnomalarga QR kodni joriy etish va integratsiya jarayonida texnik yordam ko‘rsatish;

  • “ANOR BANK” AJ mutaxassislari va xodimlari ishtirokida G. V. Plexanov nomidagi RIU filiali talabalari uchun mehmon ma’ruzalari va mahorat darslarini tashkil etish, loyihalarni birgalikda ishlab chiqishga ko‘maklashish, o‘zaro manfaatli sohalarda xizmatlarning har qanday turlari va shakllarini rivojlantirish;

– G. V. Plexanov nomidagi RIU filiali talabalari uchun ta’lim stipendiyalari va grant dasturlari tanlovini yaratish, tashkil etish va o‘tkazish;

– ochiq ilmiy-texnikaviy axborot va innovatsion texnologiyalar bilan almashish;

– “ANOR BANK” AJ vakillari va Filial talabalari o‘rtasida forumlar, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, brifinglar, maslahatlashuvlarni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘maklashish;

– “Problem-Based Learning” (“Muammolarni yechishga asoslangan ta’lim”) amaliyotini birgalikda amalga oshirish;

– filialning magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha bank mutaxassislarini o’qitish;

– ilmiy daraja olish uchun doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash va himoya qilish uchun mustaqil talabgor sifatida bank mutaxassislarini jalb etish orqali ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish.

Читайте также

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Приложение Anorbank

В нём вы найдёте удобный и понятный интерфейс, новые функции и возможности, а ещё мы увеличили скорость работы приложения.

QR-код для скачивания приложения Anorbank
Сканируйте QR-код
и скачивайте приложение.

Благодарим за оставленный вами отзыв!

Вы нашли нужную информацию?

Поделиться ссылкой:

Anora

В сети

Добро пожаловать!

Пожалуйста, представьтесь для начала общения