"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Hurmatli aksiyadorlar!
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 8-iyuldagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 31-iyul kuni bevosita quyidagi manzilda o‘tkazilishini ma’lum qiladi: Toshkent shahri, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy, "ANOR BANK" AJ binosi e-mail info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz
Ro‘yxatdan o‘tish 10.30 da boshlanadi.
Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi soat 11.00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana - 2025-yil 25-iyul.
Kun tartibi:
1. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi a’zosini qayta saylash to‘g‘risida.
3. "ANOR BANK" AJ Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish haqida.
4. "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomni va "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy.
Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish ko‘radi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Пожалуйста, представьтесь для начала общения