Hurmatli aksiyadorlar!
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2024-yil 11-dekabrdagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 6-yanvar kuni Toshkent shahri, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy manzilida, "ANOR BANK" AJ binosida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi e-mail info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz
Ro‘yxatdan o‘tish vaqti - 10.30 soat.
Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish soat 11.00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi 2024-yil 26-dekabr.
Kun tartibi:
1. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Dividendlarni to‘lash, dividendlarni to‘lash miqdori, shakli va tartibini belgilash to‘g‘risida.
4. "ANOR BANK" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy.
Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Пожалуйста, представьтесь для начала общения