Yuqori ko’rsatkichlar va keyingi qadamlar: 2023-yil yakunlari bilan bo'lishamiz

12.03.2024

2023-yildagi natijalar - muvaffaqiyat va barqaror o‘sish sari harakatlarimizni tasdiqladi. Sof foyda, mijozlar bazasi va kredit portfelining o'sishi kabi ko'rsatkichlar bizning O'zbekiston moliya bozoridagi ahamiyatli o'rnimizni ko'rsatadi.

Moliyaviy ko'rsatkichlar

Bankning 2023-yildagi sof foydasi 139,5 milliard so‘mga yetdi. Bu natija bank tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy strategiyalarning barqarorligi va samaradorligidan dalolat beradi. Aytish joizki, O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlaganidan beri, ANORBANK uchun har yili ohiri foyda bilan yakunlanib kel

Moliyaviy natijalar

Bank va uning xizmatlariga qiziqish tobora ortib bormoqda: Anorbank ilovasi 7,8 mln martadan ortiq yuklandi. Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni o'sishini ham ta'kidlash kerak, bu ko'rsatgish 4 milliondan ortiq kishini tashkil etdi.

Kredit va depozit faoliyati

ANORBANK o'zining kredit va depozit portfelini muvaffaqiyatli rivojlantirishni davom etmoqda. Jismoniy va yuridik shaxslarning umumiy kredit portfeli 3,1 trillion so‘mdan oshdi. Jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari 3,7 trillion so‘mdan oshgan.

Bugungi kunda, ANORBANK jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi omonatlarining umumiy summasi bo‘yicha O‘zbekistondagi TOP-10 ta bank qatoridan joy oldi. Jismoniy shaxslarning kredit portfeli bo'yicha bank mamlakatdagi TOP-15 ta bank qatoriga kiradi.

Asosiy ko'rsatkichlar

Bank 1,8 mln. debet kartalarini chiqarish bilan nafaqat jismoniy shaxslar orasida, balki 9,5 minga teng kompaniyalar bazasiga ega yuridik shaxslar orasida ham talabga ega. Aytish joizki, ANORBANK ayni paytda muomaladagi bank kartalar soni bo‘yicha O‘zbekistondagi TOP-10 ta bank qatoriga kiradi.

Bundan tashqari, ANORBANK o‘zining birinchi mahsulotlaridan biri - «ANOR» muddatli to‘lov kartasini rivojlantirishni davom ettirmoqda.

Muddatli to’lovning hamkorlar tarmog'i 5 261 kompaniyalardan iborat. Maishiy texnika va elektronika, zargarlik buyumlari, kiyim-kechak va poyabzallar, turizm kabi mahsulotlar mijozlar orasida talabga ega bo’lib kelmoqda.

Faol mijozlar soni 55 minga yetdi. Ular orasida limitlar yangilanishi ijobiy izohlarga sabab bo’ldi, bu degani, mijozlar muddatli to'lovning qulayligi va moliyaviy afzalliklarini his qilganligi haqida dalolat beradi.

2023-yil yakuniga ko‘ra, jami tasdiqlangan mablag‘lar summasi 550 milliard so‘mga yetdi, ishlatilgan summa esa 290 milliard so‘mni tashkil etdi. 2023-yilda bank mijozlarga yangi mahsulotlar, jumladan UzCard Duo kartasi va yuqori foiz stavkali – 27% bo‘lgan omonatlarni taqdim etdi.

Bank tashrif buyuruvchilari va mijozlari uchun to‘liq qulayliklar yaratilganini ta’kidlash joiz. 2023-yilda ANORBANK barcha savdo ofislarida oflayn kassa apparatlarini ishga tushirdi. Bu mijozlar naqd puldagi operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imkon yaratdi:

  • kreditni so'ndirish;
  • kartalar va omonatlarni to'ldirish;
  • yuridik shaxslarning inkassatsiyasi.

Kelajakdagi rejalar

ANORBANK rahbariyati bankning kelgusidagi muvaffaqiyatlariga ishonadi va o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan. Bank mijozlar bazasini yanada ko‘paytirish va xizmatlar sonini kengaytirishga intilmoqda.

Bundan tashqari, ANORBANK barcha mijozlar uchun maksimal qulaylik va xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida oʻzining raqamli platformasini faol rivojlantirishni reja qilgan.

Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram


Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: