
ANORBANK’ning HUMO toʻlov kartalari egalari Qozogʻistondagi Halyk Bank terminallariga ulangan savdo nuqtalarida xaridlar va xizmatlar uchun haq toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.
Endi Qozogʻistonga sayohat qilganda valyuta ayriboshlash yoki naqd pul yechish shart emas — HUMO kartasi orqali toʻlov xuddi Oʻzbekistondagi kabi toʻgʻridan-toʻgʻri terminal orqali amalga oshiriladi. Bu funksiya Halyk Bank’ning ekvayring tarmogʻiga ulangan barcha savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida mavjud.
ANORBANK’dan HUMO kartasini rasmiylashtiring va naqd pul haqida qaygʻurmasdan sayohat qiling.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing