Tugʻilgan kunimizni bolajonlar bilan nishonladik!

09.09.2022

Tugʻilgan kunimizni bolajonlar bilan nishonladik!

Ushbu yilning 22 avgust kuni biz ikki yoshga toʻldik. Tavallud kunimiz munosabati bilan Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyidagi bolalarga kichik bayram uyushtirdik. Bolalar bilan tug'ilgan kunni nishonlash — biz uchun oʻziga xos anʼanaga aylandi

Tadbirda koʻplab qiziqarli oʻyinlar o'tkazildi:
— Sport, raqs va mantiqiy sinovlar
— Oʻyin shaklida boʻlib oʻtgan moliyaviy savodxonlik haqida maʼruza
— Koʻpiklar bilan oʻyin

Biz quvonchga toʻla muhitni yaratishni va shu bilan birga yosh avlodga foydali bilimlarni qoldirishni muhim deb bildik.

Misol uchun, ular qanday qilib pullarni toʻgʻri investitsiya qilish, tejash va koʻpaytirishni, shuningdek biznes-plan yozishni oʻrganishdi. Ushbu bilimlarni amalda mustahkamlash uchun oʻyin davomida ular jamoalarga boʻlinib, Anorcoin ni (oʻyin valyutasi) ishlab topdilar. Tadbirni oxirida esa, har bir jamoaning direktorlar kengashi yutib olingan pullarga moliya haqida kitoblarni sotib olishga qaror qildi.

Kun shu qadar qiziqarli oʻtganidan, xayrlashish vaqti kelganini ham sezmay qoldik.

Oʻz nomimizdan esa har bir bolakayga salomatlik, mehr, muhabbat va quvonch tilaymiz.

Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing