Ochiq xat! AOKA, axborot kanallari, mijozlar va bank hamjamiyatiga murojaat

15.10.2022

Avvalroq chop etilgan postimizga javoban bizga bank sohasi hodimlaridan ko'plab murojaatlar bo'ldi va ularga qo'llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorlik bildiramiz. Bizda mavjud boʻlgan maʼlumotlarga koʻra, maʼlum bir media xizmati biz bilan reklama shartnomasini tuzishga muvaffaq bo’lmagan holda, bankka rejalashtirilgan axborot hujumini uyushtirishga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, ayrim kanallar o‘zlarining sahifalarida bizga nisbatan sha’n va qadr-qimmatni kamsituvchi, shuningdek, ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazuvchi va shaxsiy hayotga aralashuvga yo‘l qo‘yuvchi bayonotlar qilganlar.


O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasida axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanishi, ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-1-moddasi ikkinchi qismiga asosan veb-saytning va (yoki) veb-sayt sahifasining yoxud boshqa axborot resursining egasi, shu jumladan bloger hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtiriladigan Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga yoxud boshqa axborot resursiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot joylashtirilguniga qadar uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, uni darhol o‘chirib tashlashi shart. Shu munosabat bilan barcha kanal va nashrlardan bankimiz haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilishdan oldin ushbu ma’lumotlar haqqoniyligini tekshirishni so‘raymiz. Agar ular e’lon qilingan bo’lsa, ishonchsiz axborot sifatida ularni kanalingiz va nashringizdan olib tashlang. Bank xizmatlariga oid barcha maʼlumotlar bizning anorbank.uz rasmiy saytimizda mavjud. Shuningdek, 1290 qisqa raqamida tunu-kun xizmat ko‘rsatuvchi qo‘ng‘iroqlar markazi mavjud. Bosh hamda sotuv ofislarimizda xizmat ko‘rsatilganda xodimlarimiz barcha savollarga javob berishga tayyor.


Mijozlarimizga, ular doimo keng tanlov va qulaylikka ega bo'lishlari uchun mahsulot va xizmatlarimizni kengaytirish ustida doimiy ish olib borayotganimizni eslatib o'tamiz. Mijozlarimizda tanlash imkoniyati bo’lishi tarafdorimiz. Tariflar bo‘yicha norozilik bo’lgan taqdirda, mijozlar qo‘shimcha xarajatlarsiz boshqa tarifga osongina o‘tishlari yoki shartnomaga muvofiq amaldagi kreditni muddatidan oldin yopishlari mumkin.

  

Ommaviy axborot vositalari va blogerlar Anorbank bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qoyishga qiziqish bildirayotganlaridan xursandmiz. Bankimizga uyushtirilgan axborot hujumining buyurtmachisiga murojaat qilib, biz doimo ochiq va halol raqobat tarafdori ekanligimizni ma’lum qilmoqchimiz. Bankning media-agentligi reklama qilinayotgan bank mahsulotiga mos ravishda reklama kanallarini o‘z xohishiga ko‘ra, mahsulotning maqsadli auditoriyasi ko’p bo’lgan telegram kanallari va bloggerlarni tanlaydi.


Bank, o’z ishbilarmonlik imidjinini himoya qilish, shuningdek, noloyiq jurnalistika etikasi va Andijon viloyati aholisiga nisbatan yo’l qo’yilgan noloyiq chiqishlar yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatini, shuningdek ishbilarmonlik obro'siga ziyon yetkazadigan yolg‘on va ishonchsiz ma’lumotlarni tarqatganlik uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, ommaviy axborot vositalari sohasidagi vakolatli organga, shuningdek yetkazilgan ma'naviy zararni undirish to'g'risida sud organlariga murojaat qiladi.


Ochiq xatning yakuniy qismida blogosferada media xurujga uchragan bank sifatida,

muayyan media resurslari harakatlarining qonuniyligi yuzasidan tushuntirish olish maqsadida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga murojaat qilishimizni ma’lum qilamiz. 


Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: