UPT orqali xalqaro pul o‘tkazmalar - Anorbank ilovasida

07.08.2025

UPT orqali xalqaro pul o‘tkazmalar - Anorbank ilovasida

uz novost.png

ANORBANK butun dunyo bo‘ylab keng tarmoqli to‘lov punktlariga ega bo‘lgan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi - UPT orqali yangi xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirdi.

Endi chet elga pul jo‘natishni mobil ilova orqali - tez, qulay va xavfsiz tarzda amalga oshirishingiz mumkin.

Pul o‘tkazmasini qanday yuborish mumkin:

Anorbank ilovasining "Xalqaro o‘tkazmalar (UPT)" bo‘limiga kirib, mamlakatni va olish usulini tanlang.

Pul so‘mdagi yoki valyutadagi kartangizdan AQSH dollarida - joriy kurs bo‘yicha avtomatik ravishda ayirboshlanib yuboriladi.

Komissiya summaga bog‘liq, o‘tkazma qabul qiluvchiga zudlik bilan yetib boradi.

Pul o‘tkazmasini qanday olish mumkin:

Oluvchi naqd pulni o‘z shahridagi istalgan UPT punktidan olishi mumkin

yoki UPT hamkorlarining mobil ilovasi orqali pul o‘tkazmasini hisobiga tushirishi mumkin.

O‘tkazmalar geografiyasi:

Xizmat MDH, Yevropa va Osiyo davlatlarini qamrab oladi — jumladan Turkiya, Qozogʻiston, Gruziya va Fransiya.

Muhim:

Pul o‘tkazmasini olish uchun jo‘natuvchi qabul qiluvchiga xabar beradigan nazorat raqamini bilishning o‘zi yetarli.

Mamlakatlarning to‘liq ro‘yxati va batafsil ma’lumotlar mobil ilovada mavjud. https://anorbank.uz/deeplink/international_transfers

Yangi pul o‘tkazish usulini bugunoq sinab ko‘ring.

Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing